Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi o‘ziga yangi stadion qurishni boshladi, deya xabar qilmoqda Sky Sports.

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Ta’kidlanishicha, arena 100 ming tomoshabin va 168 ta VIP-lojaga mo‘ljallangan bo‘ladi. Loyiha 1,5 milliard yevroga baholanmoqda. Qurilish ishlariga 16-aprel kuni rasman start berildi, loyiha 2022-yilning oxirida tugallanishi reja qilinmoqda.

Stadion nilufar guli shakliga ega bo‘ladi. Loyiha dizayneri Hasan Said.

“Guanchjou Evergrand” 1954-yilda tashkil etilgan. Sakkiz karra Xitoy chempioni va ikki bor Osiyo Chempionlar Ligasi g‘olibi.

So‘nggi yillarda Alibaba Group internet-kompaniyasi klubning yirik aksioneri hisoblanadi. 2020-yilning boshida kompaniya aksiyalari 600 milliard dollardan oshiqqa baholangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)