Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

12-aprel kuni Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat aholisiga murojaat yo‘lladi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Vodiy bozor” kanali.

Foto: Telegram / “Vodiy bozor”

Foto: Telegram / “Vodiy bozor”

Murojaat davomida Shuhrat Abdurahmonov viloyat bo‘yicha koronavirusga chalingan 90 nafar bemorning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov koronavirus tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan aholiga murojaat yo‘llagani haqida xabar berilgandi. Viloyat hokimi o‘z murojaatida koronavirus bilan kasallangan fuqarolar uni qachon va kimdan yuqtirganini aniq bilmasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi