Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

13-aprel, dushanba kuni, soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani hududida transport va fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi, deb xabar berdi Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“2020-yil 13-aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan, ‘Qayqi’ qishlog‘i hududida barcha turdagi shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari, mototransport (skuter), velosiped hamda fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi.

Ushbu cheklov viloyatga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining yig‘ilishi bayoni bilan tatbiq etiladi.

Respublika maxsus komissiyasining bayonida ko‘rsatilgan harakatlanish huquqi saqlab qolinadigan va maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan avtotransport vositalaridan tashqari Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan, ‘Qayqi’ qishlog‘i hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari, farmasevtika, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi (shu jumladan, ularni yetkazib beruvchi va autsorsing xizmatlari), eksportyor korxonalar, qishloq xo‘jaligiga jalb etilgan (ishchi-xodim va texnika)lar, shuningdek, ularga tegishli faqat yuk tashishga ixtisoslashgan Damas, Van va Labo rusumli avtomashinalar bundan mustasno.

Harakatlanish to‘xtatilgan davr mobaynida qayd etilgan hududlarda yashovchi fuqarolar faqat istisno tariqasida yashash uyidan 100 metr atrofidagi savdo nuqtalariga kuniga bir marta chiqib, hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilishiga ruxsat beriladi.

Fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda ‘o‘zini yakkalash’ hayot tarziga zid ravishda sababsiz uydan tashqariga chiqishi, jamoat joylarida bo‘lishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ushbu cheklovlar davrida Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani mahallalar hududlaridagi, ‘Qayqi’ qishlog‘i hududidagi oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, Namangan shahridagi ‘Chorsu’ va ‘Yashil’ dehqon bozorlari faoliyat ko‘rsatishga davom etadi. Barcha mahallalar hududlarida doimiy ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etib boriladi”, deyilgan viloyat hokimligining xabarida.

9-apreldan Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytirilib, ushbu hududlarga kirish-chiqish cheklangan, undan avval 27-martdan Navoiy va Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish yopilgan, Qarshi shahriga kirish va undan chiqish esa 28-martdan boshlab to‘xtatilgan. Guliston shahriga kirish-chiqish ham cheklab qo‘yilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Mahmud Murodovning navbatdagi jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
Mahalliy
“2022-yilda uy-joy narxlari ikkilamchi bozorda 28 foizga, aholi real daromadi esa 9 foizga oshdi” – Markaziy bank raisi