Daryo

Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l hamda Chirchiq shaharlariga kirish va chiqish yopiladi

Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillarining qatnovi bundan mustasno

1 daqiqa o‘qish63 326 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

9-apreldan boshlab Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytiriladi. Bu haqda Toshkent viloyati axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Xabarga ko‘ra, fuqarolarning ushbu hududlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillarining qatnovi bundan mustasno.

Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Faoliyatini davom ettirayotgan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati ishchilariga shahar ichidan vaqtincha yashash uchun joy topish tavsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 27-martdan Navoiy va Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish yopilgan, Qarshi shahriga kirish-chiqish esa 28-martdan boshlab to‘xtatilgan. Shuningdek, Guliston shahriga kirish-chiqish ham to‘xtatilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar