Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning “Pordenone” klubi prezidenti Mauro Lovisa koronavirusga chalindi. Bu haqda B Seriya klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“So‘nggi soatlar ichida OAVda koronavirusga chalinganim haqidagi xabarlarni inobatga olgan holda shuni aytmoqchiman: ha, men ham bu la’nati virusga yo‘liqdim va o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, biroq hozircha to‘liq tuzalganim yo‘q. Keyingi hafta yangi tahlil topshiraman, umid qilamanki, bu yoqimsiz onlar ortda qoladi”, — deya 55 yoshli funksioner so‘zlarini keltirmoqda “Pordenone” matbuot xizmati.

“Pordenone” joriy mavsum B Seriyaning 28 o‘yinida 45 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Italiyada 12-aprel holatiga koronavirusga chalinganlar soni 152 mingdan oshdi. 19 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?