Istanbuldagi o‘zbekistonliklarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi
Koronavirus pandemiyasi tufayli Turkiyaning Istanbul shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam aksiyasi uyushtirildi. Bu haqda “Sof.uz” xabar bergan.
“Biz birgamiz” deb nomlangan aksiya doirasida 550 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari: yog‘ va go‘sht tarqatildi. Bu hafta yana 100 ta oilaga xuddi shunday mahsulotlarni tarqatish rejalashtirilgan. Oilalar har kuni bepul non bilan ta’minlanmoqda.
Bundan tashqari, 100 ga yaqin oilaga “Bim” oziq-ovqat do‘konlari tarmog‘ining kartochkalari tarqatildi, deyiladi nashr xabarida.
Mavzuga doir:
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar