Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, hozirda Xitoyning “Chanchun Yatay” klubi ustozi Samvel Babayan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam yubordi. Bu haqida haqida “Championat.asia” xabar berdi.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

“Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda mamlakatimiz shifokorlari old qatorlarda turibdi. Mazkur oliyjanob kasb egalarining fidokorona va professional faoliyati, profilaktika choralari sabab O‘zbekistonda koronavirus tarqalib ketmasligi bilan bog‘liq vaziyat barqaror darajada, bu esa vaziyatni nazorat ostida ushlab turishga imkon beradi. Albatta, bularning barchasi boshqa tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Mazkur idishlardan shifokorlar uchun zarur himoya vositalari va ekipirovkalar joy olgan”, — deydi Babayan.

Avvalroq “Shanxay SIPG” yarim himoyachisi Odil Ahmedov ham O‘zbekistonga tibbiyot buyumlarini yuborgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshi uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi