BAAning “Sharja” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov koronavirus tufayli yazaga kelgan vaziyatda qiyin ahvolda qolgan oilalarga yordam berish maqsadida 100 million so‘m ajratdi.

Foto: O‘FA

Shukurov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zdi, deya xabar qilmoqda “Championat.asia”. Otabek 100 million so‘mga kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilgan va uni karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga tarqatadi.

Avvalroq “Qizilqum” klubi 10 ming dona tibbiyot niqoblarini Navoiyning gavjum joylari va mehribonlik uyida bepul tarqatgan edi.

28-mart holatiga O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda. Qurbonlar soni ikki nafarga yetgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!