Toshkent shahrida 8-apreldan 9-aprelga o‘tar kechasi ko‘p qor yog‘ishi oqibatida daraxtlar qulab, bir qancha xususiy mashinalar ziyon ko‘rdi.

Mijozlarga yetgan zararlarni tezkor hal etish maqsadida “O‘zbekinvest” kompaniyasi onlayn rejimda barcha zarur harakatlarni amalga oshirdi va sug‘urta qoplamasini to‘lab berdi.

KASKO 2.0 innovatsion mahsuloti bo‘yicha sug‘urtalangan mijoz erta tongda o‘z mashinasini qulab tushgan daraxt tagida ko‘rib, sodir bo‘lgan voqea haqida “O‘zbekinvest” kompaniyasining kun-u tun xizmat ko‘rsatuvchi call-sentrga xabar bergan.

Bir necha daqiqadan so‘ng kompaniyaning Sug‘urta to‘lovlari departamenti xodimlari mijoz bilan bog‘lanib, messenjer orqali zararlangan avtoning fotosuratlarini oldi, sug‘urta qoplamasi miqdorini aniqlab, uni mijoz bilan kelishdi va hujjatlarni rasmiylashtirib, mijozning plastik kartasiga zarar summasini to‘lab berdi.

Murojaatlarni etilgan paytdan boshlab mijozning hisob raqamiga pul kelib tushgunga qadar bor yo‘g‘i 6 soat o‘tgan.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi yog‘ingarchilik natijasida mol-mulki ziyon ko‘rgan mijozlardan murojaatlar onlayn rejimda qabul qilishni davom ettirmoqda.

Sug‘urta polisini bu yerda rasmiylashtiring: insurance.uz

Qo‘ng‘iroqlar markazi: 71 207 60 00

Reklama huquqi asosida.