Rossiyaning “AlfaStroxovaniye” kompaniyasi 2019-yilda avtomobil o‘g‘rilari tomonidan eng ko‘p qiziqish bildirilgan mashinalar reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi “Avtorambler”.

Foto: “Avtorambler”

2019-yil yakunlari bo‘yicha reytingdagi “talabgir” modellar ketma-ketligi biroz o‘zgargan — ro‘yxatdan Mazda CX-5, Kia Optima va Hyundai Solaris tushib qolgan. Hozirda avtomobil o‘g‘rilari orasi eng mashhur model — Camry sedani. Ikkinchi o‘rinda Lexus LX yo‘ltanlamasi, undan keyin esa — Toyota Land Cruiser. 2018-yilda Top-10 ro‘yxatdan oltida yapon avtomobili o‘rin olgan bo‘lsa, 2019-yilda ularning soni yettitaga yetgan.

Mashinalar asosan kechasi turar joy binolarining avtoturargohlaridan, kunduzi esa savdo markazlaridan o‘g‘irlab ketiladi. O‘g‘rilar orasida keng tarqalgan usul — eshikni yoki o‘t oldirgichni buzib ochish. Salonga kirish uchun avtomobil o‘g‘rilari ko‘pincha eshik oynasini sindiradi.

2019-yil holati bo‘yicha Moskva va Moskva viloyatida eng ko‘p o‘g‘irlangan (“AlfaStraxovaniye”da sug‘urtalangan) avtomobillar reytingi:

  1. Toyota Camry
  2. Lexus LX
  3. Toyota Land Cruiser
  4. Toyota Land Cruiser Prado
  5. Toyota RAV4
  6. Hyundai Santa Fe
  7. Lexus NX
  8. Kia Rio
  9. Lexus RX
  10. BMW 5 Series