Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sevmaganga suykalish, javobsiz sevgi yoki bir-biriga to‘gri kelmaydigan juftlik hayotini muqaddas rishta bilan bog‘lashi inson hayotini barbod qilishi mumkin. Bu tushkunlik, agressiya, alamzadalik va hayotdan norozilik kabilarni keltirib chiqaradi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, sizni sevmaydigan, qadrlamaydigan hech bo‘lmaganda hurmat qilmaydigan inson bilan munosabatlar uzoqqa bormaydi. To‘g‘ri qaror qabul qilishga nima xalaqit qiladi? Quyida shu savolga javob berib o‘​tamiz.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Imkonni boy berishdan qo‘rqish

Aksar insonlarning bolalikdagi travmalari ular katta bo‘lganida ham bezovta qilaveradi. Oilada mehr-muhabbat ko‘rmaslik sovuqqonlik, mehrni boshqalardan izlashga sababchi bo‘lishi mumkin. Kimdir yaxshi ko‘rsa bo‘ldi, u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar degan tushuncha paydo bo‘ladi. Natijada ko‘r-ko‘rona boshlangan munosabat, ikki tomonning xayrixoh emasligi sabab uzoqqa bormaydi.

O‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi

Ba’zan sizga juftingizdan nohaq gumon, tuhmatlar yog‘iladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, “nimada xato qildim” deb aybni o‘zidan qidiradi odam. Shartta o‘rnidan turib, qadrini bilib ketishga qat’iyat yetmaydi. Bu esa o‘zini yaxshi ko‘rmaslik belgisi. Xo‘rlanishlar, azoblar turmush mushtidir, to‘g‘ri, lekin qachongacha? Shundan keyin ham ich-ichidan bahonalar kutish, yolg‘onligini bilsa-da, oqlovlarga ishonishni nima deb atash mumkin? Muhimi inson o‘ziga o‘zi to‘g‘ri savol berishi va javobini o‘zidan qidirishi kerak: siz shunga munosibmisiz?

Foto: Shutterstock

Foto: Shutterstock

Birovni xafa qilishni istamaslik

Ba’zan inson ko‘ngliga quloq tutishi, o‘z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun qo‘ya olishi kerak. “Fe’l-atvori biroz og‘irroq bo‘lsa, ba’zan menga qo‘l ko‘tarsa ham nima qilibdi. Muhimi yaxshi ko‘radi-ku”, deb o‘ylash katta xato. Umuman olganda inson bolaligida o‘ziga zarur mehrni olmagan bo‘lsa, ziddiyatli, tahqirlovchi munosabatlardan voz kechish qiyin bo‘ladi.

Umid qilish

Inson nima uchundir umid qilishdan to‘xtamaydi, o‘zgarar, yaxshilanar deb ishonadi yoki qat’iy xulosa qiladi: taqdirim shu. Lekin quruq umid hech narsani o‘zgartirmaydi, real vaziyatga baho berish va undagi muammoga yechim topmaslik vaziyatni qaltislashishiga olib keladi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Yolg‘iz qolishdan qo‘rqish

Xo‘rlanishlarga chidash, yashashdan ma’no qolmagandek tuyilsa-da, majbur hayot kechirishga sabab yolg‘iz qolishdan qo‘rqish. Qo‘rquv asosida kelajakka ishonch bo‘lmaydi, sevilmay qolishdan, “aravasini torta olmaslik”dan, e’tiborsiz qolish va hammasini yangidan boshlashga ko‘zi yetmaydi insonni. Bu qo‘rquv bo‘lmasligi uchun insonda o‘ziga bo‘lgan ishonch shakllanishi kerak. Uning shakllanishida esa oila, tarbiya, ta’limning roli muhim.

Kimga ham keragim bor deb o‘ylamang.  Sizning o‘rningiz yer sharida, vataningizda, jamiyatda va oilada juda muhim. Sizni esa shu muhimligingizni biladigan inson yoningizda bo‘lishi kerak, o‘zingizni kerakmasdek his qilishingizga sababchi bo‘ladigan  inson emas.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)