Karantinning birinchi haftasi o‘z yakuniga yetdi, lekin buyog‘iga nima bilan shug‘ullanish kerak? Ko‘pchilikni qiynayotgan ushbu savolga javob tariqasida vaqtingizni maroqli va foydali mashg‘ulotlarga sarflash haqida tavsiyalar berib o‘tamiz.
Onlayn darslar

Mavzuga doir: Maktab o‘quvchilari uchun televideniye orqali darslar berib boriladi
Seriallarni to‘xtatib, sport bilan shug‘ullaning
Mavzuga doir: Karantin vaqtida ortiqcha vazn to‘plamaslik uchun 7 tavsiya
Garderobingizni tartibga soling
Mavzuga doir: Trendda bo‘lish uchun ortiqcha pul sarflash shart emas. Bisotingizda boridan foydalanib zamonaviy bo‘lishingiz mumkin
Teatr, konsert tomosha qiling va onlayn muzeylarga tashrif buyuring
Mavzuga doir: Koronavirus pandemiyasi vaqtida omon qolishga yordam beradigan filmlar
Aytgancha, onlayn tashrif haqida eshitmaganlar uchun ma’lumot: siz jahon muzeylariga yumshoqqina kursingizdan jilmasdan, xushbo‘y qahva va shokoladlardan rohatlangan holda sayohat qilishingiz mumkin. Buning uchun muzey saytida pullik va bepul xizmatlar mavjud bo‘lib, xohishingizga ko‘ra tanlashingiz mumkin. “Daryo” ortiqcha xarajat qilishni istamagan mushtariylari haqida qayg‘urib, alternativ variantni taklif qiladi: siz bepul tashrifni tanlab, muzey ichidagi eksponatlar bilan tanishing va ular nomini yon daftarchangizga yozib boring. Keyinroq internetga eksponat nomini yozing va o‘nlab ma’lumotlardan birini tanlang. O‘qib, xabardor bo‘lib, ma’lumot va faktlarni qayd qilib oling. Bundan ham estetik zavq olasiz, ham pulingiz tejaladi, qolaversa, yozib olgan ma’lumotlaringiz yodingiz va daftaringizda qoladi.Mavzuga doir: Karantindan chiqmay aylanish mumkin bo‘lgan Luvr, Ermitaj va yana 10 ta muzey
Pazandalik uchun ayni muddao
Ko‘chada shoshilinchda fast-fud iste’mol qilib, to‘g‘ri ovqatlanishni yodidan chiqarganlarning oshqozonlari karantin vaqtida ularga “minnatdorchilik” bildirishi aniq. Chunki siz uydamisiz, demak, onangiz, opa-singlingiz tayyorlagan issiq, mazali, foydali taomlarni yeyishga majbursiz. Lekin ovqatni kimdir pishirishi kerak, o‘ylamasam ham bo‘ladi, deb qorinni qappaytirib yotmasdan o‘zingiz ham urinib ko‘ring. Nonushtaga mevalardan kokteyl tayyorlang, tushlik uchun kartoshka, baliq yoki tovuqni ziravorlarga to‘ldirib, pech yoki qasqonda dimlang.
Pishiqchilik davrida sabzavotdan ko‘pi bormi, ulardan foydalanib souslar tayyorlang. Masalan, mayonez, qatiq, tuzlangan bodring va ukropni aralashtirsangiz, siz hashamatli restoranda kiyevcha kotletga qo‘shib beriladigan sousni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlagan bo‘lasiz. Oilaviy televizor ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, meva, yong‘oq va granulalarni aralashtirib, salat tayyorlang. Aslida bu kabi retseptlar internetda juda ko‘p, siz zavqlanishingiz va mazali taom yeyishingiz uchun kafe va restoranga borib, pul sarflashingiz shart emas. Shunchaki fantaziyangizni ishga solgan holda uydagi bor mahsulotlardan o‘zgacha taom tayyorlab, o‘zingiz va oila a’zolaringizning kayfiyatini ko‘taring.Mavzuga doir: Uy sharoitida muzqaymoq tayyorlaymiz. Buning uchun atigi uchta mahsulot kerak bo‘ladi
Kitob — stressga qarshi eng yaxshi vosita
Mavzuga doir: Karantin payti o‘qish tavsiya etiladi. Alber Kamyuning “Vabo” romani haqida
Moliyaviy taftish
Qancha daromad olasiz, undan qanchasini ro‘zg‘orga, kommunal to‘lovlarga ishlatasiz, boshqa xarajat va to‘lovlarga qancha mablag‘ sarflaysiz — bularni o‘ylab hisobini qilish va kelajakdagi sarf-xarajatlarni rejalashtirishingiz lozim. Buning uchun daftarcha yoki mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin.
Yangi ish qidiring, rezyume tayyorlang

Rahbarlarga yoqmaydigan, lekin isbotlangan statistika: yer yuzidagi 70% odam ishidan ko‘ngli to‘lmaydi. Albatta, bunga obyektiv va subyektiv sabablar bo‘lishi mumkin, lekin bir narsa aniqki, inson yaxshi ko‘rgan faoliyati bilan shug‘ullanishi kerak. Chunki tanlangan ish shaxsiy va ijtimoiy hayotga, shuningdek, salomatlikka ta’sir ko‘rsatadi.
Xohlamasdan ishlash agressivlik, atrofdagilardan alamzada bo‘lish, o‘z qobig‘iga o‘ralib olish kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xullas, yuqoridagi ta’riflar sizga to‘g‘ri kelsa, o‘z qobiliyat va istaklaringiz asosida yangi ish izlab ko‘ring. Shunchaki xohishni o‘zi yetmasligini inobatga olib, salohiyatingiz va qo‘lingizdan keladigan ishlarga xolis baho bering. O‘zingiz haqingizda rezyume to‘ldiring va siz kompaniyaga nima bera olishingiz va nima uchun mazkur kompaniya aynan sizni tanlashi kerakligiga alohida to‘xtaling.
Go‘zallik muolajalari

Mavzuga doir: Yapon ayollarining 40 yoshda ham 20 yashar ko‘rinishi siri nimada?
Oila a’zolaringiz bilan maroqli vaqt o‘tkazing
Mavzuga doir: Sizda hozir kun bo‘yi uyda o‘tirib, millat qahramoni bo‘lish imkoniyati bor. Uyda qoling
Albatta, har kim ham farzandlari kelajagi, oilasi yetishmovchilik nimaligini bilmasligi uchun tun-u kun tinim bilmay ishlaydi va shu nuqtayi nazardan hech kimning birovni ayblashga haqqi yo‘q. Shunday ekan, fursatdan unumli foydalanib, yaqinlaringiz bilan uzoq va maroqli suhbatlashish imkoniyatidan foydalaning. Bir piyola choy ustida miriqib suhbat quring, turmush o‘rtog‘ingiz bilan muammo va yumushlardan boshqa mavzularda ham gaplashing, ota-onangiz ko‘nglini ko‘taring, farzandingizning siz e’tibor bermagan qiziqishlarini kashf qiling va hayotning eng aziz ne’matlaridan bahra oling.







