Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes UFC 249 kechasidan o‘rin olgan Toni Fergyusonga qarshi jang o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

Foto: The Sun

Foto: The Sun

Murabbiyning ta’kidlashicha, UFC prezidenti Deyna Uayt jang joyini rasman ma’lum qilsa, rossiyalik yakkakurashchi unda qatnashadi.

“Jang hali rasman bekor qilinmadi, shunday ekan umid qilamanki, Deyna Uayt yaqin orada UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tadigan joy nomini ma’lum qiladi. O‘shanda biz avvalgi rejamizga qaytamiz va Toniga qarshi jang bo‘lib o‘tadi. Agar bunday bo‘lmasa, u holda to‘qnashuvni sentabrga ko‘chirishlarini kutib qolaman.

Habib muntazam shug‘ullanmoqda, biroq uning mashg‘ulotlari mukammallikdan yiroq. Karantin vaqtida mashg‘ulot jarayonini olib borish juda qiyin”, — deydi Mendes.

1-aprel kuni Nurmagomedov karantin sabab Rossiyani tark eta olmasligini ma’lum qilgan va Fergyusonga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan 18-aprel kungi jang bekor bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi