Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 3-aprel kuni mamlakat aholisiga murojaat yo‘lladi va koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yangi me’yorlar haqida gapirdi. Bu haqda “TASS” xabar bergan.
“4-apreldan boshlab 15 kun mobaynida mamlakatdagi 30 ta shahar va nafas yo‘llari kasalliklari tarqalgan Zonguldak viloyatiga avtotransportlarning kirishi hamda chiqishi taqiqlanadi. 20 yoshdan kichik bo‘lganlar uchun komendantlik soati e’lon qilinadi. Fuqarolar odamlar to‘planadigan yerlarda, supermarketlar, bozorlar va ish joylarida tibbiy niqoblarni taqib yurishga majbur”, — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti TRT telekanalidagi efirda.
Shuningdek, Erdo‘g‘on ko‘chada va jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash lozimligi haqida ham eslatgan. Endi Turkiyada ham ushbu qoidalarga bo‘ysunmaganlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.
Mavzuga doir: