Bahor-yoz mavsumini shimlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hech bir moda chiqishlari yo‘qki turli uslubdagi shimlarsiz, yangi obrazlarsiz yaratilsa. Shim har bir ayol garderobida alohida o‘rin egallaganini ayta olamiz. Cosmopolitan nashri 2020-yil bahor-yoz mavsumida urfda bo‘ladigan shimlar ro‘yxati bilan bo‘lishdi.

Klassik uslubdagi ayollar shimi

Mavzuga doir: Bahor-yoz mavsumida qanday ko‘zoynaklar urfda bo‘ladi?
Sport uslubidagi shim
Ushbu uslubdagi shimni faqat sport mashg‘ulotlarida kiyiladi deb o‘ylaganlar qattiq adashadi. Street style’da ko‘zga ko‘ringan obrazlarni ikkitadan bittasi mazkur shim ishtirokida bo‘ladi. Uning qulayligi, harakatlanishga osonligi ayollarni o‘ziga rom qilayotganiga sabab bo‘lmoqda.
Kalta shimlar

Ushbu model istalgan poyabzal bilan moslashishi mumkinligi bilan ahamiyatli. Mazkur shim bilan sport uslubi, klassik yoki nafis obrazlar yaratish mumkin. Asosiysi fantaziyani ishga solish va garderobdagi kiyim-kechaklarning qay birini moslash mumkinligi haqida o‘ylash kerak xolos.
Qomatni aks ettiradigan shimlar

2020-yilning eng mashhur trendlaridan biri deb e’tirof etilgan mazkur model o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Saint Laurent Paris tomonidan bir qancha rang va obrazlar bilan taqdim qilingan bunday uslubdagi shim, har kimning qomatiga mos tushavermasligini ham inobatga olish kerak.
Bel qismi yuqori bo‘lgan shimlar

Mazkur model shubhasiz qomatni chiroyli, oyoqlarni uzun va belni ingichka ko‘rsatadi. Uni top va kastyum bilan yoki kalta va keng vodolazka bilan moslash mumkin.
Keng shimlar

Mavzuga doir: Kayfiyatni ko‘taruvchi libos ranglari. Yorqinlik bilan o‘zingiz va atrofdagilarga pozitiv ulashing
Yorqin rang-barang shimlar
