Britaniyalik 47 yoshli aktyor Idris Elba koronavirusdan sog‘aydi. Unda koronavirusning simptomlari umuman kuzatilmayapti. Aktyor bu haqda Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Instagram/@idriselba

Aktyor yangi filmda suratga tushish uchun AQShning Nyu-Meksiko shtatiga kelganida kasallikni yuqtirib olgan edi. Elbadan alohida yashashni istamagan rafiqasi 30 yoshli Sabrinada ham koronavirus aniqlangan.

Foto: Instagram/@idriselba

Elba va rafiqasi koronavirusdan tuzalganidan so‘ng o‘zini yaxshi his etmoqda. Aktyor “eng yomon davr ortda qolganini” yozib qoldirdi.

Aktyorning qo‘shimcha qilishicha, rafiqasi bilan karantin davrini o‘tkazgan bo‘lsa-da, to‘liq sog‘aymaguncha uylariga uchib keta olmaydi.

Elba, shuningdek, astmadan aziyat chekadi. Aynan shu kasallik aktyorni koronavirus tufayli salomatligiga yanada e’tiborli bo‘lishga undamoqda.

“Tor” filmidagi ijrosi bilan shuhrat qozongan Idris Elbada koronavirus aniqlangani haqida 17-mart kuni xabar berilgan edi.