O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva Instagram’dagi sahifasida muxlislariga motivatsion murojaat yozib qoldirdi.

Foto: Instagram / @rayhonganiyeva

“Bugun uxlashdan avval biz yana ko‘chaga chiqa oladigan kun haqida o‘ylang. Biz yana yaqinlarimizni bag‘rimizga bosa olishimiz, barcha oila a’zolarimiz bilan do‘konga xarid uchun borish bayramdek tuyulishi haqida o‘ylang.

Hayotimizga kafelarda do‘stlarimiz bilan tushlik qila olishimiz mumkin bo‘ladigan vaqtlar, bir-biriga yaqin yurgan odamlarning fotosuratlari, sevimli ishimizning qaytishi haqida o‘ylaymiz.

Hozir yuz berayotgan hodisalar xotiraga aylanib, bizning normal hayotimiz kutilmagan va yoqimli sovg‘adek tuyulishi haqida o‘ylaymiz. Va biz hozirga qadar oddiy holdek tuyulib kelgan hamma narsani yaxshi ko‘rib qolamiz. Va har bir soniyaning qadriga yetamiz. Dengizda cho‘milish, kechga qadar quyosh nurlaridan bahra olish, ufqqa termulish, uchrashuvlar, kulgular. Biz yana birgalikda kulamiz. Hammamizga kuch-quvvat bersin! Tez kunda ko‘rishamiz”, — deb yozdi Rayhon.

Avvalroq xonanda muxlislarini odam gavjum joylarga bormaslikka, karantin qoidalariga rioya etib uyda o‘tirishga chaqirgan edi.