Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi toshkentliklar va poytaxt mehmonlarini karantin talablariga bepisand munosabatda bo‘lmaslikka chaqirdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Bugungi kunda barchamiz noxush epidemiologik vaziyat guvohi bo‘lmoqdamiz. Ushbu vaziyatni yengib o‘tish uchun har birimiz mulohaza qilib va uzoqni o‘ylab ish tutishimiz: bordi-keldilarni cheklab, ijtimoiy aloqalarni qisqartirishimiz zarur.

Qayd etish lozimki, umumiy farovonlik har birimizga bog‘liq. Gap muhim narsalar bo‘lmish — hayot va sog‘liq haqida ketganda, rejalar, uydan tashqaridagi ko‘ngilxushliklar, safarlar, muhim ishlar, ish yuzasidan yoki do‘stlar va qarindoshlar bilan uchrashuvlar ikkinchi darajali bo‘lishi kerak. Bugungi kunda barchamiz uchun salomatlikdan boshqa hech narsa ahamiyatga ega emas.

Men sizlardan vaqtinchalik cheklovlarni xotirjamlik bilan qabul qilishni va belgilangan talablarga rioya qilishni iltimos qilaman. Yuzaga kelgan noqulayliklar vaziyat talabi bo‘lib, noroziliklarga sabab bo‘lmasligi kerak, zero yangi talablar sizning hayotingizni asrash uchun yo‘lga qo‘yilgandir. Ushbu cheklovlar bizga koronavirus infeksiyasining tarqalishini to‘xtatishda va uni yengishda yordam beradi”, — deyiladi murojaatda.

Toshkent shahar IIBB fuqarolarga uylarini zaruratsiz tark etmaslik, gigiyenaga rioya qilish zarurligini eslatgan va karantin qoidalarini buzganlar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, 23-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslar ogohlantirilmoqda. 25-martdan boshlab esa niqobsiz yurganlar jarimaga toriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dam olish kunlari ham issiq havo saqlanib qoladi
Mahalliy
O‘zbekistonda avtoturargohlar va bozorlar hududida elektromobillarni tez quvvatlantirish stansiyalari quriladi
Salomatlik
Organizmga oqsil yetishmayotganini anglatuvchi simptomlar