O‘zbekiston madaniyat vazirligi “Uydagi yulduzlar” tanlovini e’lon qildi. Bu haqda vazirlikning Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Instagram/@madaniyat vazirligi

“Tanlov shartlari: karantin davrida uyingizda ijod bilan mashg‘ul ekaningizni tasvirga olib, ijod namunangizni @mvforbot botiga yuboring. Ishtirokchilar yoshi chegaralanmagan, ya’ni tanlovda barcha O‘zbekiston fuqarolari qatnashishi mumkin. Har bir yo‘nalish g‘olibi 2 000 000 so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritadi”, — deyiladi xabarda.

Tanlov 25-martdan 25-aprelga qadar davom etadi.

Tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha:

1. “Eng yaxshi cholg‘u ijrochisi”;

2. “Eng yaxshi xonanda” (maqom, baxshi, estrada va opera);

3. “Eng yaxshi raqs ijrochisi”;

4. “Eng yaxshi rassom”;

5. “Eng yaxshi hunarmand” tanlanadi va taqdirlanadi.

“Uyda o‘tirib, yulduz bo‘ling! Yashirin qirralaringizni namoyon qiling! Karantin kunlarini maroqli va foydali o‘tkazing!”, — deyiladi vazirlik e’lonida.