O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Toshmatov o‘z lavozimidan ozod etilgani va uning o‘rniga general-mayor Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Milliy gvardiya tomonidan ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiyaning sobiq qo‘mondoni general-polkovnik Bahodir Toshmatov boshqa lavozimga tayinlangan.

Ma’lum qilinishicha, Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-mayor Botir Tursunov ham boshqa lavozimga tayinlangani sababli mazkur lavozimdan ozod etilgan.

Bahodir Toshmatov va Botir Tursunovning qaysi lavozimlarga tayinlangani hozircha noma’lum.