FIFA tashkiloti terma jamoalar o‘yini oldidan futbol klublariga oid qoidalarga o‘zgartirish kiritdi.
Qoida bo‘yicha klublar o‘z futbolchilarini terma jamoa safiga yuborishga majbur, biroq FIFAning yangi qaroriga ko‘ra, mart va aprel oylarida klublar futbolchini terma jamoa safiga yubormaslikka haqli. Bu qaror koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib chiqarildi.
O‘z navbatida FIFA mazkur oylarga mo‘ljallangan xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarini qoldirishni tavsiya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 31-mart kuni JCh—2022 saralashi doirasida Yamanga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak edi. Biroq OFK mazkur muddatdagi saralash bahslarini keyinga surdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)