• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJ yengil avtomobillar narxlarini oshirgani yuzasidan bayonot berdi

    Bugungi kunda jamoatchilik tomonidan UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqariladigan yengil avtomobillar narxlarining oshirilishi munosabati ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda. Davlat soliq qo‘mitasidan keyin Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi ham ushbu vaziyatga munosabat bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qilgan:

    “Birinchidan, UzAuto Motors AJ yengil avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha ustun mavqega ega bo‘lib, korxonaga yillar davomida imtiyozlar va preferensiyalar berilishiga qaramasdan, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan yetarli darajada samarali foydalanmagan.

    Korxona tomonidan mahsulot tannarxini kamaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar samarasi past, xususan, raqobatbardoshlikni oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida mahsulot tannarxi faqatgina 2 foizga pasaytirilishiga erishilgan.

    Bundan tashqari, so‘nggi uch yil davomida korxona tomonidan 167 ta yangi uskuna va texnologiyalar ishga tushirilgan, bu korxonada mavjud texnologiyalarning atigi 2,1 foizini tashkil qilgan, 2017—2018-yillarda yangi ish o‘rinlari yaratilmagan.

    Ikkinchidan, korxona tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning ichki bozordagi narxlari tashqi bozordagi narxlaridan sezilarli darajada qimmat.

    Masalan, eksportga yo‘naltiriladigan Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexia), Ravon R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida chegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa ichki narxlar bilan 20-50 foizgacha tafovut qilmoqda. Solishtirish uchun, “AvtoVAZ” AJ (Rossiya) mahsulotlarining ichki bozordagi narxlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi narxlaridan 30-40 foizga arzon.

    Bundan tashqari, ichki bozordagi yengil avtomobillar narxi jahon bozoridagi raqobatchi korxonalar narxlaridan qimmatligi kuzatilmoqda.

    Misol uchun, Tracker Premier modelining narxi 20 ming AQSh dollarini tashkil etsa, tashqi bozorlarda shu sinfdagi Hyundai Creta modelining narxi 15 ming dollarni, Nissan Terrano modelining narxi 15,5 ming dollarni tashkil etmoqda.

    Uchinchidan, monopol mavqeini suiiste’mol qilgan holda korxona tomonidan iste’molchi huquqlarini kamsitish holatlariga yo‘l qo‘yilib kelingan.

    Jumladan, avtomobillarning bazaviy komplektatsiyasida ko‘zda tutilgan ayrim butlovchi qismlarsiz sotilishi, mahsulotni shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlarda yetkazib berilmasligi, mahsulot uchun oldindan to‘lov qabul qilingan holda narx oshishi munosabati bilan qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanishi va hokazo.

    Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi tomonidan 2019-yilda bazaviy komplektatsiyada ko‘zda tutilgan, lekin amalda iste’molchilar tomonidan xarid qilingan 6,5 ming dona avtomobilga qo‘yilmay sotilgan 2,7 milliard so‘mlik tumanga qarshi yoritkichlar iste’molchilarga yetkazib berilishi yoki qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.

    To‘rtinchidan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va yuqori narx segmentidagi avtomobillarning olib kirilishida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga teng bo‘lmagan raqobat shartlari vujudga kelgan.

    2019-yilda amalda bo‘lgan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga avtomobillarni import qilishda teng shartlar ta’minlash imkoniyatini bergan imtiyozli tartib 2020-yil 1-yanvaridan bekor qilingan, biroq UzAuto Motors AJ tomonidan Single Unit Package (tayyor holda) shaklida olib kirilayotgan yoki amalda import qilinayotgan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan yengil avtomobillarga aksiz solig‘i va bojxona stavkalariga bo‘lgan imtiyoz saqlab qolingan.

    Beshinchidan, respublika hududiga olib kiriladigan avtotransport vositalarini sertifikatlashtirish va klimatik sinovlar tartibining murakkabligi.

    Xorijiy korxonalar dilerlari tomonidan import avtomobillarga O‘zbekiston hududida standartlashtirish va klimatik sinov talablari me’yoridan ortiq qo‘yilganligi, xususan:

    rasmiy diler bir yilda bitta modeldagi avtomobilni bir dona miqdorida olib kirishi mumkinligi, bir donadan ortiq olib kiriladigan bo‘lsa, model maxsus sinovlardan, ya’ni sertifikatlashtirish va klimatik sinovdan o‘tkazilishi lozimligi, bunda har bir model 2 donadan test sinovi uchun berilishi va 15 ming km masofani respublika hududida bosib o‘tishi lozimligi, shuningdek, har bir test sinovi uchun o‘rtacha 30 million so‘m to‘lanishi, standartlashtirish xodimlarini ishlab chiqaruvchining zavodiga diler hisobidan yuborilishi kerakligi;

    ehtiyot qismlarni sertifikatlashda, jumladan, avtotransport vositasi shinalarini “O‘zstandart” agentligi sinov laboratoriyalariga muvofiqlik sertifikatini olish uchun berilganda ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha laboratoriya sinovlari o‘tkazish imkoniyatining yo‘qligi bildirilmoqda.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining manfaatlarini himoya qilish, biznes yuritishda teng sharoitlar yaratish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida qo‘mita tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga yengil avtomobillarga amaldagi import boji va aksiz solig‘i stavkalarining pasaytirilishi va import asosida olib kelingan yengil avtomobillar uchun sertifikatlashtirish va klimatik sinovlar jarayonlarining o‘tkazilishi tartibini soddalashtirish masalasini Tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha Respublika Kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqish bo‘yicha murojaat qilindi.

    Oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi 3386-sonli qarori bilan 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab tovarlarga chegaralangan narxlar belgilash amaliyoti bekor qilingan (Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro‘yxati belgilanadigan ijtimoiy ahamiyatdagi mahsulotlar va ularning strategik turlari bundan mustasno).

    Shunga ko‘ra, UzAuto Motors AJ tomonidan 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun narxlarni mustaqil belgilaydi. Bunda, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga muvofiq, korxona har chorakda monopoliyaga qarshi organga qo‘llanilayotgan narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etib boradi, ushbu organ, o‘z navbatida, monopol turdagi tovarlar narxlarining o‘zgarishini tahlil qilib boradi.

    Amaldagi qonunchilikka muvofiq ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarning oldindan kelishilishi ko‘zda tutilmagan.

    Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJ tomonidan yangi narxlarning kiritilishi bilan bog‘liq dastlabki hisob-kitob ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Ma’lumotlarda narx oshishi mahsulot tannarxining o‘sishi bilan bog‘liqligi hamda korxona tomonidan 2017-yilning avgust oyidan narxlarni oshirmasdan kelganligi bilan izohlangan.

    Ushbu hisob-kitob ma’lumotlar qay darajada iqtisodiy asoslanganligi va adolatli shakllanganligini aniqlash uchun korxonaning tadbirkorlik faoliyatini o‘rnatilgan tartibda tekshiruv o‘tkazishni taqozo etadi.

    Hozirda vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshirish o‘tkazishning yangi tartibi ishlab chiqilayotgan bo‘lib, ushbu yangi tartib joriy qilinishi bilan yuqoridagi holatlar qo‘shimcha ravishda chuqur o‘rganilishi ma’lum qilinadi.

    Shu bilan birga, ishchi guruh tuzgan holda monopol mavqega ega bo‘lgan UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar narxining shakllanishini tahlil qilish, uni pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash hamda mahsulotlar narxlarining asosli qo‘llanilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazishga ruxsat olish ishlari amalga oshirilmoqda”.

    Avval Davlat soliq qo‘mitasi mashinalar narxi oshishiga QQS ta’sir qilganini inkor qilgandi.

    Mavzuga doir:

    • “Iloji bo‘lsa, oilaviy qarg‘ang”. UzAuto narxlarining oshishi ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida
    • “Narxlar qaysi omillar tufayli oshganini iste’molchi bilishga haqi bormi yoki yo‘qmi?”. Deputat UzAuto Motors’dan tushuntirish so‘radi
    • UzAuto Motors avtomobillar narxi nega oshganiga izoh berdi

    12.03.2020, 22:58   Izoh (0)   110328
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda massajchilik niqobi ostida fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar qo‘lga olindi

    12.03.2020, 22:40

    “Er meniki, ko‘nmasang, bolangni so‘yib tashlayman”. Samarqandda kundoshining bolasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi

    12.03.2020, 22:24

    Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus sababli Olmaliqda fuqarolar vafot etgani haqidagi xabarni rad etdi

    12.03.2020, 22:10

    Shavkat Mirziyoyev Ichanqal’aga tashrif buyurdi va Xorazmdagi turizm loyihalari bilan tanishdi

    12.03.2020, 21:54

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurash uchun Eronga gumanitar yordam jo‘natadi

    12.03.2020, 21:39

    Shavkat Mirziyoyev Yangiariqdagi yiliga 5 mln dollar daromad keltiradigan issiqxona bilan tanishdi (foto)

    12.03.2020, 21:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.