Kecha UzAuto Motors kompaniyasi 9-martdan avtomobillar uchun yangi narxlarni e’lon qildi. “Daryo” Facebook, Twitter hamda Telegram foydalanuvchilarining mavzu yuzasidan bildirgan fikrlarini e’tiboringizga havola qiladi.

UzAuto Motors kompaniyasi yangi narxlarni e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi turiga qarab 3 foizdan 21 foizgacha yuqorilagan.

Ma’lumot uchun, kompaniya ishlab chiqarayotgan alohida modellarning narxi so‘nggi bor 2018-yili o‘rtacha 7,7 foizga oshirilgan edi. Avvalroq UzAuto Motors avtomobillari narxi qo‘shimcha opsiyalar hisobiga “biroz oshgani”ni ma’lum qilingan edi. 

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors (avvalgi General Motors Uzbekistan) kompaniyasi 2018-yil oxirida bir qator imtiyozlardan mahrum qilindi. Kompaniya avvalgi yillarda barcha turdagi soliq va majburiy to‘lovlarda imtiyoz olgan bo‘lsa-da, 2019-yildan boshlab faqat QQS to‘lovidan ozod qilindi, xolos. 2019-yilning 1-oktabridan boshlab kompaniya bu soliqni ham to‘lay boshladi.

Mashinalar narxining bunday keskin tarzda oshirilishi, shubhasiz, ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lmoqda va fuqarolik jurnalistikasi makoniga aylanib ulgurgan ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda o‘ziga xos aks-sado bermoqda:

Xalqimiz shuncha azob chekib mehnat qilib, chet davlatda xor-u zor yurib, mana shu qimmat avtomobilni olishga mahkummi?! Arziydimi shu qimmat matoh shu tashvishlarga?! Xalqimizga arzon, ixcham, kam xarajatli avtomobillar lozim edi. Bittagina avtokompaniya shuni ham eplolmasa, nega kerak bunaqa kompaniya?! Raqobat bo‘lmas ekan yana va yana narxlarni xohlagandek oshiraveradi bu kompaniyalar! “O‘zbekiston havo yo‘llari”, “O‘zbek temiryo‘llari”, UzAuto... Har birining nomida Uz qo‘shimchasi bor va narxlari otning kallasidek qimmat! Axir Uz xalqimizning belgisi-ku! Davlatimiz belgisi-ku! Mana shu belgiga loyiqmi bu monopolistlar?! Narxni oshirishdan boshqa yo‘limiz yo‘q deb qutulishadi. Gap nimada o‘zi?! Chetda bunaqa narxga it ham olmaydigan avtomobilni jahon bozoridan qimmat narxga olishini kafolatlaydigan zavod kerakmi bizga?! Shu paytgacha UzAuto’ni tushunishga, anglashga harakat qildim. Ammo bu kompaniya xalqimizga kerak emas, deb xulosa qildim... Sizchi?”

Temurxon Jahonov

Muttaham GM kimga qaraydi, kim o‘sha monopolist mas’ul, nega o‘sha GM mas’ullari har tomonlama sifatsiz mashinalar narxini ko‘r-ko‘rona oshirmoqda? Artel, Akfa, GM korxona-yu zavodlari mahsulotlarini o‘z xalqiga o‘ta qimmat sotib, kun ko‘radigan xalq dushmanlaridir. Bunga boshqacha so‘z bilan ta’rif berib bo‘lmaydi... Bizning mashinalar o‘zga yurtlarda juda arzon. Lekin o‘zimizning yurtimizda o‘ta qimmat. Buni qanday tushunish mumkin?”

Nigora Alimova

Telegram’dagi faol kanal yurituvchilardan biri Daliyevga kuzatuvchilaridan biri tomonidan fikrnoma kelib tushibdi:

Assalomu alaykum. Jahon avtomobil ishlab chiqaruvchilarida avtomobil tannarxi sotuv narxining 20 foizini tashkil qiladi. Buning 15 foizi ehtiyot qismlar, 5 foizi ishlab chiqarish xarajatlaridan iborat. Tannarx eng arzon — 17 foizga tushirilishiga yaponlar robotlar sonini ko‘paytirish hisobiga erishgan. Tannarxning eng qimmat nuqtasi, ya’ni 28 foizni sobiq SSSRning ahmoqlari zabt etgan. Qisqa xulosa:

1. UzAuto Motors’da ham tannarx el qatori 20 foiz bo‘lsa kerak. Bundan ham arzon bo‘lishi mumkin. Chunki:

— lokalizatsiya o‘rtacha 60 foiz;

— ishchi kuchi qoqi bahosida;

— soliq imtiyozlari mavjud;

— elektr energiyasi arzon;

— gaz VIP;

— va hokazo.

2. Bizda tannarx yaponlardagi kabi 17 foiz bo‘lolmaydi. Chunki robot ancha qimmat va agar robot ko‘paysa, bir robot 3-4 tagacha ishchi o‘rnini egallaydi, bu ishsizlar soni ortishiga olib keladi.

2. Sobiq SSSRdagi kabi 28 foiz bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki UzAuto Motors’da ahmoqlar ishlamaydi deb o‘ylayman.

Telegram kanallaridagi yanada qiziqarli mulohazalar davom etadi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: Daryo

Muxbir Daliyevdan murojaat: hamma velikka o‘tsin!

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Eshmatjon ham chellenjdan qolmadi:

Skrin: “Daryo”

O‘zgarishsiz qolgan mashinalar narxi ham muhokamalardan chetda qolmadi:

Skrin: “Daryo”

“Uyushmagan yoshlar” Telegram kanalida yana bir original kontent:

Maqsud Jonixonov esa Facebook’dagi sahifasida quyidagicha fikrlarni berib o‘tdi:

Bilmadim, bu qaysi vijdoni, iymoni yo‘qning taklifi, ammo oddiy odamlarning hayotini bir o‘ylash kerak edi. Janob monopolchilar, siz uyingizda go‘shtning ko‘pligidan ularni itingizga, mushugingizga berayotganingizda oylab bir burda go‘sht yeyishga qurbi yo‘q oilalarni o‘ylamadingizmi? Siz mashinani “mingga qo‘yib” ko‘cha changitib o‘tib ketganingizda shu changda qolib ketgan 30 ga kirmay o‘tin bo‘lgan qishloq ayollaridan istihola qilmadingizmi?Qorni och odamga ma’naviyat, til haqida gapirmang, u gapingizni eshitmaydi, eshitsa ham bir tiyinga olmaydi. Shuning uchun siz uning qalbiga quloq tuting, uning dardlarini ariting. Kechagi gapingiz bugunga to‘g‘ri kelmay qolyapti. Bundan nega uyalmaysiz? Yo betingiz ketingiz bilan bir xilmi? Chirib ketgan yo‘llarda yurib, otning kallasidek jarimani to‘lolmay, to‘rtta bolasining javdirab turgan ko‘ziga qarolmay yer bilan bitta bo‘layotgan OTAlarning iztirobini o‘ylang. Bilaman: topgan tutgani, maoshi turli to‘lovlardan, haminqadar yeb ichishidan ortmaydiganlar uchun mashina narxi oshadimi yoki balo-yu battar bo‘ladimi, qizig‘i yo‘q. Ammo oshdi, oshdi, oshdi, degan gap bir kun ularning sabr kosasini to‘ldiradi. Sabrli xalqning sassizligini qo‘ylikka mengzamang.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Maqsud Qurbonboyev UzAuto Motors’ga murojaat bilan chiqdi:

Birinchidan, nega UzAuto Motors na saytida, na biror-bir boshqa ommaviy axborot vositalarida narxlari oshganini rasmiy xabar va tushuntirish tarzida ma’lum qilmayapti? Xuddi ayb ish qilayotgandek, saytning ichki qismidagi narxnoma imi-jimida yangilab qo‘yish, e’lon qilishga kirmaydi.

Ikkinchidan, ho‘p, narxlar oshishga oshibdi. Biroq nima sababdan, umumiy qilib qaysi omillar tufayli oshganini iste’molchi bilishga haqi bormi yoki yo‘qmi?

Uchinchidan, nega aynan xalqimiz orasida eng talabgir hamda “ekonom” hisoblangan Damas, Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti kabi avtomobillar narxi oshirilmoqda? Oylikka qarab qolmagan, nisbatan o‘ziga to‘qlar xarid qiladigan Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari esa o‘zgartirishsiz qolmoqda. Yoki bu “Kambag‘alni tuyani ustida ham it qopadi” naqlining amaldagi ifodasimi?

To‘rtinchidan, oshirilgan narxlar eksportga chiqarilayotgan mashinalarga taalluqlimi? O‘zi nima uchun UzAuto Motors hanuzgacha eksportga ichki bozordan ancha arzon narxda avtomobil sotmoqda. Misol uchun, bizda 30 000 ming AQSh dollaridagi Malibu 2 boshqa davlatlarda ikki barobar arzon narxlarda sotilmoqda. Agarda buni valyuta oqimini ko‘paytirish bilan deb izohlamoqchi bo‘lsangiz, boshqa yangiroq bahona toping, hozir banklarimizda istagancha valyuta xarid qilishingiz mumkin.

Beshinchidan, mamlakatimiz ichki bozorida hamyonbop avtomobillar sotuvi bo‘yicha boshqa davlatlar avtomobillari sotuvi yildan yilga oshib borayotgan bir sharoitda mahalliy ishlab chiqaruvchimizning narxlarni oshirish to‘g‘risidagi qarori qaysi bozor qonuniyatlariga to‘g‘ri keladi? Bu ochiqdan-ochiq bozorni qolganlarga bo‘shatib qo‘yishga harakatga o‘xshab ko‘rinmayaptimi? Yoki su’niy ravishda kasodga uchratish nazarda tutilganmi, agar unday bo‘lsa 20,0 mingga yaqin ishchilar, qorako‘zlarimiz taqdiri nima bo‘ladi?

Xullas savollar ko‘p, ammo hozircha javoblar yo‘q.

Shu o‘rinda ko‘pchilikni bir mulohoza qiziqtiryapti. Darhaqiqat, yuqoridagi narxlari oshirilgan mashinalar eng xaridorgir hisoblanadi. Ularning sotib oluvchilari miqdori ham yuqori. Shu o‘rinda talabning yuqoriligini inobatga olgan holda, ular narxini biroz arzonlashtirib, yana ham ko‘p mashina sotuvini yo‘lga qo‘yish orqali foydani ko‘paytirish ham mumkin-ku. Axir bu ham oddiy bozor qonuniyati-ku.

Bundan tashqari UzAuto Motors keragidan ko‘ra yopiqroq bo‘lgani ko‘pincha unga tegishli har bir xabarni jamiyatimiz norozilik kayfiyati bilan kutib oladi. Narxlar nimaga asoslanib oshirildi, mashinalar tannarxi qaysi mezonlar asosida shakllantiriladi kabi ko‘plab masalalar ochiq, oshkora bo‘lganida milliy avtosanoatimizga bu qadar ko‘p e’tirozlar yog‘ilmas edi.

“Zambarakning o‘qi” kanali muallifi shunday yozadi:

O‘zbekistonda avtomobil narxlari oshgani haqida hamma gapirib yotibdi. Men ham qo‘shilib qo‘yay:

1. G‘arbda, xususan, AQSh va Kanadada Cobalt, Spark yo Nexia kabi ma’nan eskirgan mashinalar ishlab chiqarilmaydi va sotilmaydi. Eng arzon modelda ham o‘nta “podushka”, har xil xavsizlik tizimlari bor, o‘zi esa uzog‘i bilan besh yil avval yaratilgan.

2. G‘arbda, xususan, AQSh va Kanadada Cobalt, Spark yo Nexia kabi arzon mashinalar yo‘q. Eng arzon Spark ham (bizdagidek eski versiyasi emas, yangichasi) Amerikada soliqlardan avval 13 ming, soliqlari bilan kamida 15 ming AQSh dollariga tushadi. Yuqorida aytganimdek, bizdagi mashinada yo‘q xavfsizlik tizim va qulayliklari bor.

3. G‘arbda, xususan, AQSh va Kanadada mashinalar narxi deyarli oshmaydi. Har 5-7 yilda, ya’ni model yangilanganida 1-2 ming dollarga oshishi mumkin, u ham bo‘lsa, mashina narxiga solishtirganda 5 foizdan kamroqqa. 20 foizlik oshirish avtomobil sotuvining (va balki ishlab chiqaruvchining) o‘limi bilan barobar. Albatta, yuqoridagilar faqat raqobat muhitida amal qiladi”.

Facebook’da mana bunday chellenjlar boshlanib ketdi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

Televideniyeda ham muhokamalar davom etadi:

Skrin: “Daryo”

Ana bo‘lmasa!

Skrin: “Daryo”

Masalaga mana bunday tarzda yondashganlar ham bo‘ldi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

#Surishkerak chellenjchilari ham ushbu voqeadan keyin qayta jonlanishdi:

Skrin: “Daryo”

Skrin: “Daryo”

@Somsamurai Telegram kanali “musaffo osmon”ni ko‘rolmayotgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi murojaatini joylashtirdi:

Skrin: “Daryo”

“Shessekund voqeasi” esingizdadir?

Skrin: “Daryo”

Bloger Nozim Safarining diqqati ham mavzudan chetda qolmadi:

Skrin: “Daryo”

Quyida esa Twitter’da narxlar oshishi bo‘yicha bildirilgan qiziqarli va jiddiy mulohazalar bilan tanishasiz:

https://twitter.com/uybekasi/status/1236991212416098305

https://twitter.com/arslonovuz/status/1237071056269082625

https://twitter.com/khushnudbek/status/1236949286975352832

https://twitter.com/behzod__/status/1236894896193142785

https://twitter.com/javohirreal/status/1236905617782177792

Nima ham derdik, tinchlik bo‘laversin!