Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa doirasida 5-mart, payshanba kuni uch nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi.
-63 kilogramm vazn toifasida Elnur Abduraimov musobaqaning ilk jangida filippinlik raqibi Jeyms Palisteni katta ustunlik bilan taslim qildi.
-75 kilogramm vazn toifasida Fanat Qahramonov ikkinchi davrada samoalik Yansen Poutoa bilan bahs olib borib, raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
- 81 kilogramm vazn toifasida Dilshod Ro‘zmetov Iordaniyadagi ilk jangida avstraliyalik Paulo Aokusoga qarshi ringga ko‘tarildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)