Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi 1/8 final bahslari doirasida 3-mart, seshanba kuni uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
“Chelsi” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasidagi markaziy bahs qarama-qarshi hujumlar ostida o‘tdi. Uchrashuvning 13-daqiqasida mehmonlar darvozasi oldida yuzaga kelgan kichik sarosima oxir-oqibat gol bilan yakuniga yetdi. Mazkur vaziyatda Fabinyo hamda darvozabon Adrianning qo‘pol xatosidan keyin “Chelsi” futbolchilari hisobda oldinga chiqib oldi.
64-daqiqada mezbonlar yarim himoyachisi Ross Barkli to‘pni maydon markazidan o‘ziga bo‘ysundirib katta tezlikda “qizillar” jarima maydoniga kirib bordi va kuchli zarbasi bilan uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa “Chelsi” Angliya Kubogida o‘z yurishini davom ettiradi. Avvalroq Londonning boshqa bir jamoasi — Mikel Arteta boshqaruvidagi “Arsenal” ham chorak final yo‘llanmasini naqd qilib ulgurgandi.
Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” oxirgi ikki uchrashuvda o‘z darvozasidan 5 ta to‘p olib chiqib, biror marta ham raqib darvozasini ishg‘ol qila olgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 1/8 final bosqichining qolgan bahslari 4—5-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
Angliya Kubogi
1/8 final bahslari3-mart, seshanba
“Chelsi” — “Liverpul” 2:0
Gollar: 1:0 — 13, Villian, 2:0 — 64, Barkli.“Chelsi”: Arrisabalaga, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Zuma, Kovachich (Maunt, 42), Barkli, Pedro, Gilmur, Villian (Jorjinyo, 51), Jiru (Jeyms, 90).
“Liverpul”: Adrian, van Deyk, Robertson, Gomes, Uilyams, Jons (Milner, 70), Fabinyo, Mane, Lallana (Saloh, 80), Minamino, Origi (Firmino, 70).
Ogohlantirishlar: Fabinyo (61), Milner (76), Mane (90+4).
“Vest Bromvich” — “Nyukasl” 2:3
Gollar: 0:1 – 33 Almiron, 0:2 – 45 Almiron, 0:3 – 47 Lazaro, 1:3 – 74 Fillips, 2:3 – 90 Zoxore.“Reding” — “Sheffild Yunayted” 1:2
Gollar: 0:1 – 2 Makgoldrik, 1:1 – 43, penalti Pushkash, 1:2 – 105 Sharp.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)