“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar yaqin vaqtlar ichida o‘ng oyog‘i kichik boldir suyagidan olgan jarohati bois jarrohlik stoliga yotadi.
ESPN xabariga ko‘ra, ushbu operatsiya AQShda bo‘lib o‘tadi. Belgiyalik futbolchi 5 yoki 6-mart kuni klub tibbiy xizmati rahbari Niko Mixich hamrohligida Dallasdagi klinikaga tashrif buyuradi.
Madridning “Real” klubi Azarning tiklanish jarayonini tezlashtirmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, tajribali futbolchi La Liga 25-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi bahsda jarohatga yo‘liqdi. Agar jarrohlik amaliyoti o‘tkazilsa futbolchi mavsumning qolgan qismida maydonga boshqa tusha olmasligi ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, Eden Azar 2019-yilning yozida “Chelsi”dan “qaymoqranglilar” tarkibiga kelib qo‘shilgan edi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)