Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lash tartibi va miqdori haqida ma’lumot berdi.
Quydagi nafaqa va moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 52,7 foizidan (358 007 so‘mdan) ortiq bo‘lmagan oilalarga tayinlanadi:
14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa:
- 1 ta bolali oilaga — 131 000 so‘m;
- 2 ta bolali oilaga — 217 000 so‘m;
- 3 va undan ortiq bolali oilaga — 304 000 so‘m;
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam — 326 000 so‘mdan 653 000 so‘mgacha.
Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad, nafaqa yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi 3 oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: 4—5 million aholimiz kambag‘al, ularning kunlik daromadi 10—13 ming so‘mdan oshmayapti
Izoh (0)