Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan kreditni naqdlashtirib, pulni boshqa maqsadlarga sarflab yuborgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“O.G.” kompaniyasi rahbari A.R. 2019-yilda bank muassasasidan ajratilgan 1,46 milliard so‘m kredit mablag‘larini turli yo‘llar bilan naqdlashtirishga erishgan. U kredit qarzdorligini to‘lamay, talon-toroj qilgan.
“Shuningdek, ushbu mablag‘lar hisobidan Malibu hamda 92 million so‘mlik xo‘jalik va maishiy texnika vositalarini xarid qilib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Qayd etishlaricha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)