O‘zbekiston davlat san’at muzeyidagi XIX-XX asrlarga tegishli bo‘lgan so‘zananing haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha Madaniyat vazirligi tomonidan 2014-yilda o‘tkazilgan inventarizatsiyada asar asliga mos kelmasligi aniqlangan.
Madaniyat vazirligining ma’lum qilishicha, asl san’at asari soxtasiga o‘sha davrda O‘zbekiston davlat san’at muzeyining bosh muhofizi bo‘lib ishlagan M.Usmonov tomonidan almashtirilgan. So‘zananing asliga mos kelmaganligi to‘g‘risida 2014-yilning 28-may kuni dalolatnoma tuzilgan. Vakolatli davlat tashkilotlari qarori asosida hukm chiqarilgach, bosh muhofiz 9 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.
Mavzuga doir: Fransiyadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida Edgar Deganing 8 yil avval o‘g‘irlangan kartinasi topildi
Avvalroq 5-fevral Termiz arxeologiya muzeyi xodimlari tomonidan Termiz tumanidagi “Zumola” yodgorligi yaqinida joylashgan dala ekin maydonidan Kushon podshohligi davriga oid oziq-ovqat saqlanadigan omborxona topilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)