Fransiya madaniyat vazirligi Parijdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida topilgan kartina Marseldagi muzeydan 8 yil oldin o‘g‘irlangan Edgar Dega mo‘yqalamiga mansub polotno ekanligini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Domaine public

1877-yilda yaratilgan “Xor” kartinasi Marseldagi Kantini muzeyidan o‘g‘irlab ketilgani haqida 2009-yil dekabrida ma’lum bo‘lgandi.

U Parijdagi d’Orse muzeyiga tegishli bo‘lib, Fransiya janubiga ko‘rgazmaga yuborilgandi.

“16-fevral kuni bojxona xizmati xodimlari Sena va Marna departamentidagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida turgan avtobusning yuk qismidagi jomadonlardan birida ‘Xor’ga o‘xshash kartinani topdi. Yo‘lovchilardan hech biri topilma unga tegishli ekanligini da’vo qilmadi. Ekspertizaning

dastlabki xulosalari gap aynan qidirilayotgan polotno haqidagi ketayotganligini tasdiqlaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.