Amerikalik saylovchilarning yarmidan ko‘pi (65 foiz) AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovda prezidentlikka qayta saylanishiga ishonadi. “Kommersant”ning yozishicha, bu haqda CBS va YouGov so‘rovnomalaridan ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, respublikachilarning 90 fozidan ortig‘i uning g‘olib bo‘lishiga ishonadi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ro‘yxatga olingan 65 foiz saylovchilar Trampning “ehtimol” yoki “aniq” yutishiga ishonadi, 35 foizi uning g‘alaba qozonishi “dargumon”, deb baholagan. Demokratlar orasida faqat 42 foizi kimga ovoz berishini hal qilgan. Demokratlar partiyasidam eng mashhur nomzodlar: senator Berni Sanders (27 foiz), sobiq vitse-prezident Jozef Bayden (36 foiz), Nyu-Yorkning sobiq meri, milliarder Maykl Blumberg (20 foiz) va senator Elizabet Uorren (19 foiz).

CBS News va YouGov so‘rovnomani 2020-yilning 20-22-fevral kunlari o‘tkazgan. Unda ro‘yxatga olingan 10 ming nafar saylovchi ishtirok etgan.

AQShda prezident saylovi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 13-16-iyul kunlari Viskonsin shtatida Demokratlar partiyasi syezdi bo‘lib o‘tadi va unda Donald Tramp raqibining ismi e’lon qilinadi.

Avvalroq Oq uy Trampga qarshi bo‘lganlarning ro‘yxatini tuzmoqchi ekanligi xabar berilgan edi.