“O‘zgidromet”ning ma’lumotiga ko‘ra, 23-fevral kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib, shimoliy hududlarda yog‘ingarchiliklar kutilmoqda. Shu munosabat bilan Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olishni so‘rab murojaat qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin. Kechasi havo harorati 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 0—5, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0—5 daraja iliq, cho‘l hududlarining ba’zi joylarida 2 darajagacha sovuq, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida g‘arorat kechasi 0—5, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 3—8, kunduzi 15—20, ayrim joylarda 23 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 0—5, kunduzi 12—17 daraja iliqni tashkil etadi. Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
“IIV YHXBB barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan ob-havo sharoitini hisobga olgan holda transport vositalarini boshqarishlari va yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qoladi”, – deyiladi boshqarma xabarida.
Izoh (0)