Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachi Emre Janni “Yuventus”dan to‘liq sotib oldi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Twitter/@BVB

Foto: Twitter/@BVB

Janning “Borussiya” bilan ijara shartnomasi 2020-yilning 1-iyulida o‘z yakuniga yetadi. Mana shu sanadan boshlab “Borussiya” va Emre o‘rtasidagi kelishuv kuchga kiradi. Shartnoma 2024-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.

“Yuventus” Janning transferidan 25 million yevro ishlab oladi. Dortmund klubi bu miqdorni uch yil mobaynida to‘lab beradi.

Yanvarda “Borussiya” safiga qo‘shilgan futbolchi Bundesligada ikkita o‘yin o‘tkazib, bitta golga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)