• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Hujum hujumga qarshi. Barchasi “Borussiya D”—PSJ uchrashuvi haqida

    Ikki oylik tanaffusdan so‘ng muxlislar orziqib kutgan Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga 18-fevral, seshanba kuni start beriladi.

    Foto: “Ronaldo.com”

    Foto: “Ronaldo.com”

    1/8 final bosqichining eng tomoshabop o‘yinlaridan biri so‘zsiz Dortmundda kechishi kutilmoqda. Unda ayni damda Yevropaning eng kuchli hujum triolariga ega ikki jamoa kurash olib boradi — “Borussiya” o‘z uyida sobiq murabbiyi Tomas Tuxel ustozlik qilayotgan PSJni mehmon qiladi.

    “Borussiya” va PSJ hech qachon Chempionlar Ligasida o‘zaro to‘qnash kelmagan. Tomonlar Yevropa Ligasi doirasida 2010/11-yilgi mavsum bir guruhda uchrashgan. Parijdagi uchrashuvda golsiz durang qayd etilgan bo‘lsa, Dortmundda esa jamoalar 1:1 hisobida rozi bo‘lgan.

    Musobaqa yo‘li

    “Borussiya” guruh bosqichida “Barselona”, “Inter” va “Slaviya” bilan to‘qnash kelgandi. “Asalarilar” Kataloniya klubini ikkala o‘yinda ham yuta olmadi. “Inter”ga esa mehmonda mag‘lub bo‘lib, so‘nggi turdan oldin guruhda qiyin holatga duch keldi. So‘nggi turda Lyusen Favr shogirdlari “Slaviya”ni o‘z uyida yutishi va “Inter”ning ochko yo‘qotishini kutishi lozim edi. Nemislarning baxtiga hammasi ko‘ngildagidek kechdi. “Borussiya” ikkinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.

    PSJ esa guruh bosqichini hech qanday qiyinchiliksiz bosib o‘tdi. Hatto guruhda Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” bo‘lsa ham. Parijliklar 6 ta o‘yinning 5 tasida g‘alaba qozondi. “Real” bilan bitta o‘yinda durang qayd etildi, yana birida esa Madrid klubi taslim qilindi. “Bryugge” va “Galatasaroy”ga bo‘lsa umuman imkoniyat qoldirilmadi. PSJ o‘z guruhida 16 ochko bilan yakka peshqadam sifatida 1/8 finalga yo‘l oldi.

    Hal qiluvchi vaziyatlar

    Dortmund klubi ortda qolgan uik-endda repetitsiyani yaxshi o‘tkazdi. Lyusen Favr ikkita muammoni hal qilishi lozim edi — himoya va jarohatlar. Murabbiy ularni hal etishga harakat qildi va qaysidir ma’noda buning uddasidan chiqdi. Klub maydon markazida ikki asosiy o‘yinchisi — Marko Roys hamda Yulian Brandtdan ma’lum muddatga foydalana olayotgani yo‘q. Bu orqali esa markazdagi barqarorlikka putur yetmoqda. Bundesliganing ortda qolgan turida “Borussiya” “Ayntraxt”ni taslim qildi. Frankfurt klubi Favr jamoasi darvozasiga bitta ham aniq zarba yo‘llay olmadi. Ushbu bahsda Favr maydon markazidan Manuel Akanjini olib tashladi. Markaziy himoyada Hummels, Zagadu va Pishchek harakat qildi. Qanotlarda esa doimgidek, Rafa Gerreyru hamda Ashraf Hakimi. Tayanch yarim himoyasida esa Emre Jan o‘zini “baliq”dek his qildi.

    Gerreyru va Pishchek sabab jamoa uch markaziy himoyachi taktikasidan darhol to‘rt yoki uch tayanch yarim himoyachi taktikasiga moslasha oldi. Bu sxema esa qarshi hujumlarda Favr jamoasidan ko‘p narsa kutish mumkinligini anglatadi.

    PSJ esa Liga 1 doirasida 25-turda katta rotatsiyaga qo‘l urdi. Tuxel “Amyen”ga qarshi ilk daqiqalarda Tilo Kerer, Xuan Bernat hamda Marko Verratilarga imkoniyat berdi. Jamoa sardori Tiago Silva esa atigi 1 ta bo‘lim maydonda harakat qildi. Nemis murabbiyining himoyadagi eksperimentlari o‘zini oqlamadi. 40-daqiqa kelib, “Amyen” PSJni 3:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘layotgan edi. Ikkinchi bo‘limda esa Tuxel o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Jamoa 75-daqiqaga kelib, hisobni 4:3 ko‘rinishiga keltirdi, biroq o‘yin so‘ngida baribir g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Qo‘shimchasida Leandro Paredes ham safdan chiqdi. Dortmundga boradigan Verrati, Menye hamda di Mariyalar hisobida sariq kartochka bor. Agar ular olmon yurtida sariq kartochka oladigan bo‘lsa, Parijdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi. “Amyen”ga qarshi bahsda PSJning 17 yoshli himoyachisi Niyoz Kuassi burchak to‘pidan so‘ng ikki marta boshi bilan gol urishga erishdi. Favrning “Borussiya”si esa standart vaziyatlarda havas qilarli darajada himoyalanayotgani yo‘q.

    Holanddan hamma gol kutmoqda. Neymardan esa mo‘jiza yoki...

    UEFAning yangi qaroriga ko‘ra, “Borussiya” musobaqaning guruh bosqichidagi eng yaxshi ikkinchi raqamli to‘purari Erling Holandni o‘z safiga qo‘shib oldi va endi u bemalol PSJga qarshi o‘ynashi mumkin. Holand Dortmundga kelgandan beri gol urmoqda va bu ishni hozirda barqaror ravishda bajara olmoqda. Holand Bundesliga tarixida o‘zining ilk 5 ta o‘yinida 8 ta gol urgan dastlabki futbolchi aylandi. U hatto Bundesligada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Dortmund hujum chizig‘i uchun Holand endilikda Jeydon Sancho bilan birgalikda javobgar bo‘ladi deya hisoblamoqda futbol mutaxassislari va muxlislar.

    PSJning hujum chizig‘ida esa yulduzlar yig‘ilgani hammaga ayon. Neymarning mashg‘ulotlarga qaytib, Dortmundga yo‘l olgani esa parijlik muxlislarni xursand qilgani bor gap. Har holda muxlislar hamon braziliyalik futbolchidan mo‘jiza kutishda davom etmoqda. Mauro Ikardi hamda Kilian Mbappeda esa hozirda hammasi joyida. Ikkala futbolchi ham o‘z vazifasi — gol urishni qoyillatmoqda. Kamiga qishki transferlar vaqtida klubda olib qolingan Edinson Kavani bor. U ham istalgan vaqtda hujum chizig‘ida jamoasiga yordam berishga tayyor.

    Taxminiy tarkiblar

    Borussiya Dortmund: Byurki — Shults, Hummels, Zagadu — Hakimi, Daud, Vitsel, Gerreyru — Sancho, Holand, Azar

    PSJ: Navas — Mene, Kerer, Silva, Kyurzava — Verratti, Guye, Di Mariya, Draksler — Ikardi, Mbappe

    O‘ynamaydi: Roys, Dileyni — Dagba, Diallo

    Chempionlar Ligasi

    1/8 final bosqichi

    “Borussiya D”—PSJ 01:00

    18.02.2020, 18:28   Izoh (0)   19056
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tottenhem” Keyndan so‘ng Sonni ham yo‘qotdi. Koreyalik hujumchi 2 oyga safdan chiqdi

    18.02.2020, 17:26

    “Liverpul” Yevropada 1-bo‘lib Chempionlar Ligasining 2020/21-yilgi mavsumiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

    18.02.2020, 16:50

    “Milan” 3 yil ichida ilk bor ketma-ket 9 ta uy o‘yinida mag‘lub bo‘lmadi

    18.02.2020, 16:33

    “Barselona” 20 mln yevroga Breytueytni sotib oladi

    18.02.2020, 16:14

    YChL. “Tottenhem” — “Leypsig”, “Atalanta” — “Valensiya” uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi

    18.02.2020, 15:40

    Koronavirus sababli og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladigan bo‘ldi

    18.02.2020, 13:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada va Meksika aholisining yarmidan ko‘pi AQSHni asosiy tahdid deb hisoblamoqda

    Dunyo | 10 iyul, 08:30

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “PSJ” “Real”ni tor-mor etib, musobaqa finaliga yo‘l oldi (video)

    Sport | 10 iyul, 08:01

    “Joriy yil oxirigacha issiq suv va issiqlik taʼminoti to‘lovlari bir martadan ortiq oshirilmaydi” — Ilhom To‘rayev

    O‘zbekiston | 10 iyul, 08:00

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.