Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 26-turida 16-fevral, yakshanba kuni “Tottenhem” va “Arsenal” jamoalari o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi.

Foto: APL

“Tottenhem” safarda “Aston Villa” bilan o‘ynadi. Uchrashuvning 8-daqiqasida londonliklar himoyachisi Tobi Alderveyreld o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 27-daqiqada esa Alderveyreld xatosini tuzatgan holda chiroyli golga muallif bo‘ldi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Son Hyon Min mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 53-daqiqada Byorn Engels muvozanatni tiklashga erishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggisida Son “shporlar”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa Joze Mourinyo shogirdlari ochkolarini 40 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Aston Villa” (25) esa 17-pog‘onaga tushib ketdi.

Mikel Arteta qo‘l ostidagi “Arsenal” o‘zida “Nyukasl”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Pyer-Emerik Obameyang (54), Nikolya Pepe (57), Mesut O‘zil (90) va Aleksander Lyakazettning (90+5) gollari London klubiga uch ochko keltirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Arsenal” 34 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

APL

26-tur bahslari

16-fevral, yakshanba

“Aston Villa” — “Tottenhem” 2:3

Gollar: 1:0 – 9, avtogol Alderveyreld, 1:1 – 27 Alderveyreld, 1:2 – 45 Son Hyon Min, 2:2 – 53 Engels, 2:3 – 90 Son Hyon Min.

“Aston Villa”: Reyna, Gilber, Konsa, Engels, Targett, Grilish, Drinkuoter (Nakamba, 60), Al-G‘ozi (Trezege, 70), Duglas Luis, Hoz, Samatta (Baston, 83).

“Tottenhem”: Lyoris, Sanches, Devis, Orye, Alderveyreld, Alli (Jedson Fernandesh, 83), Uinks, Bergveyn (Vertongen, 90), Lukas Moura, Son Hyon Min, Dayer (Lo Chelso, 60).

Ogohlantirishlar: Gilber (86), Nakamba (90).

“Arsenal” — “Nyukasl” 4:0

Gollar: 1:0 – 54 Obameyang, 2:0 – 57 Pepe, 3:0 – 90 O‘zil, 4:0 – 90+5 Lyakazett

“Arsenal”: Leno, Mustafi, David Luiz, Belerin, Jaka, Sebalyos (Torreyra, 82), O‘zil, Pepe, Nketia (Lyakazett, 85), Obameyang, Saka.

“Nyukasl”: Dubravka, Klark (Sher, 83), Fernandes (Ritchi, 75), Lassels, Rouz, Bentaleb, Lazaro (Heyden, 74), Longstaff, Sen-Maksimen, Almiron, Joelinton.

Ogohlantirishlar: Jaka (9), Saka (82).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!