Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida yashovchi fuqaro YHXB xodimiga pora berishga urindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

7-fevral, juma kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YXXBdan tegishli tartibda berilgan ma’lumotnomasiz avtotransport vositalarini ta’mirlash holatlarini aniqlash yuzasidan Nukus shahar 21-kichik tumani hududida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalarda tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish davrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHX Boshqarmasi yo‘l harakati doirasidagi qonunbuzarliklar bilan kurashish guruhi katta inspektori B.Bekmatov tomonidan Alima olimp plus oilaviy korxonasiga tegishli ustaxonada ishchi bo‘lib ishlovchi Nukus shahrida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro R.Sh. Nexia-3 rusumli transport vositasining texnik shikastlangan joylarini tegishli ma’lumotnomasi bo‘lmasdan ta’mirlayotganligini aniqlab, tegishli tartibda rasmiylashtirgan.

11-fevral, seshanba kuni, soat 11:00 da B.Bekmatov holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borish uchun fuqaro R.Sh.ni o‘z xizmat xonasiga chaqirtirgan. Fuqaro R.Sh. javobgarlikdan qochish maqsadida B.Bekmatovga ushbu to‘plangan hujjatlarni chora ko‘rmay, ijobiy hal qilib berishni so‘rab, buning evaziga pora taklif qilgan.

Shu kuni soat 18:00 larda fuqaro R.Sh. B.Bekmatovni xizmat xonasiga kelib, so‘ralgan hujjatlarni olib kelganligini aytgan va 200 ming so‘m pullarni B.Bekmatovning stoliga qo‘ygan.

Ushbu holat yuzasidan B.Bekmatov rahbarlarga xabar bergan, deyiladi xabarda.

Holat haqida berilgan xabarga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan fuqaro R.Sh. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Sport
Olivye Jiru Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi