Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nukus temir yo‘l bekati, shoxobchasi va aeroportida harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi tomonidan garnizonda joylashgan harbiy qism shaxsiy tarkibi uchun harbiy texnika va yuklarni temir yo‘l orqali tashish bo‘yicha amaliy-ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Mashg‘ulotlar uchta o‘quv nuqtasida o‘tkazilib, qo‘shinlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tish, harbiy texnika va yuklarni tashish uchun foydalaniladigan temir yo‘l vagonlariga to‘g‘ri joylashtirish, saqlash va olib yurishni o‘rgatish maqsadida tashkil etildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Harbiy harakatlar tarkibiy bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Baxtiyor Qudratov rahbarligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda harbiy texnika va yuklarni tashish jarayonida tayinlangan qorovul shaxsiy tarkibining majburiyati, turli xil vaziyatlardagi harakatlari va alohida xizmat o‘tashning boshqa ahamiyatli jihatlari namuna sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Shuningdek, mashg‘ulotlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli, Nukus va Taxirko‘l bekati xodimlari ishtirok etib, yo‘l hujjatlarini to‘ldirish hamda temir yo‘l bekatlarida to‘xtash tartibi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Foto: Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Qo‘shinlar jangovar shayligini mustahkamlash hamda bo‘linmalar va texnikalarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tishni tashkil etishda uzilishlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlar jarayonida asosiy e’tibor texnika xavfsizligi talablariga rioya etish va texnikalarni vagonlarga yuklashdagi me’yor talablari o‘rgatildi.

Ko‘rgazmali tarzda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar doirasida zirhli va avtomobil texnikalarni platformalar orqali vagonlarga yuklash-tushurish, ularning siljib ketishini oldini olish maqsadida belgilangan tartibda mahkamlash, texnikalarni tashishda niqoblash ishlarini tashkil etish kabi masalalar namoyish etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...