Xitoyning Geely avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi viruslarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydigan havo filtrlash tizimiga ega avtomobilni yaratishga 53 million dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Google Images

Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, mazkur mashina bundan keyin koronavirusga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, Geely Auto’ning Yevropa, AQSh va Xitoydagi ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik byurolari birgalikda konditsioner tizimlari va odamlar bilan aloqa qiladigan sirtlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan antibakterial va virusga qarshi xususiyatlarga ega yangi materiallarni ishlab chiqadi.

Ma’lumot uchun, 5-fevral holatiga ko‘ra, Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bergan ma’lumotga asosan, yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusi bilan kasallanganlar soni 24 324 kishiga yetgan, 490 kishi virus qurboni bo‘lgani ma’lum qilingan.