O‘zbekistonliklar Janubiy Koreya va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari o‘rtasida bandlikka ruxsat berish tizimi asosida O‘zbekiston fuqarolarini Koreyada ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi doirasida Koreyaga ishga borishlari mumkin.

Foto: Tury.ru

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, fuqarolar Koreyaga ishga ketishi uchun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat etishi lozim.

Fuqarolarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
  • Nomzodning yoshi 18 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lishi;
  • Koreys tilini bilishi;
  • Sudlanmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga ruxsat (xorijga chiqish pasporti) mavjud bo‘lishi;
  • Koreya Respublikasi hududida bo‘lish va boshqa qonunlarini buzmagan bo‘lishi;
  • Sog‘lom bo‘lish (rang ajrata olmaslik kasalligi — daltonizm bo‘lmasligi);
  • Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddat davomida ishlamagan bo‘lishi lozim.

Eslatma: fuqarolarni Koreyaga ishga jo‘natish (E-9 ishchi viza) huquqiga ega yagona tashkilot Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hisoblanadi, xususiy bandlik agentliklarining bunga vakolati yo‘q.