Madridning “Real” klubi himoyachisi Alvaro Odriosolo mavsumning qolgan qismini Myunxenning “Bavariya”sida davom ettiradi. Bu haqda Onda Cero xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar tez orada kelishuvni e’lon qiladi. Alvaro ijara asosida “Bavariya”ga o‘tadi.
24 yoshli futbolchi “Real”ning bugungi mashg‘ulotlarini aynan shu transfer masalalari sabab o‘tkazib yuborgan.
Ma’lumot uchun, “Real” 22-yanvar kuni Ispaniya Kubogi doirasida “Unionistas” klubiga qarshi bahs ilib boradi.
Odriosola joriy mavsum La Liga doirasida atigi to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi, xolos.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)