Gruziyaning Batumi shahrida yashovchi kuchuk mahalliy bolalar bog‘chasidagi tarbiyalanuvchilarni qo‘riqlashni boshladi. Bolalar markaziy xiyobon oldidagi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tishni boshlashi bilan kuchuk vovillab, avtomobillarga tashlanadi va haydovchilardan to‘xtashni talab qiladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
https://www.facebook.com/batumelebi/videos/3076670869033038/
Facebook’ning Gruziya segmentida 17-yanvar, juma kuni paydo bo‘lgan mazkur kuchuk haqidagi birinchi video 300 ming martadan ortiq tomosha qilindi. Ba’zi foydalanuvchilar kuchukka minnatdorchilik bildirsa, boshqalari tarbiyachilar kuchukni bolalardan nariga haydamaganini ta’kidlagan.
Foydalanuvchilardan birining yozishicha, kuchuk xiyobon orqasidagi uylardan birining kirish qismida yashaydi. Qayd etilishicha, kuchuk har kuni mazkur piyodalar o‘tish joyida navbatchilik qiladi. 20-yanvar, dushanba kuni kuchukning harakatlari aks etgan yangi video paydo bo‘ldi.
https://www.facebook.com/beqa.cinadze/videos/2759870720718898/
Izoh (0)