• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQSh elchixonasi: Olloshukurova o‘z ixtiyori bilan O‘zbekistonni tark etdi

    Toshkentdagi AQSh elchixonasi Twitter’dagi rasmiy sahifasi orqali bloger Nafosat Olloshukurovaning O‘zbekiston hududini o‘z ixtiyori bilan mustaqil ravishda tark etganini bildirdi. Avval blogerning o‘zi elchixona tomonidan unga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik izhor etgandi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “AQSh elchixonasi vakillari Olloshukurova mamlakatni tark etishidan avval u bilan uchrashgan va blogerning keyingi taqdirini kuzatib boradi”, — deyiladi elchixona xabarida.

    “AQSh so‘z erkinligi masalasini qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlashda davom etadi — bu har qanday jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omil. Prezident Shavkat Mirziyoyev hukumat ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash hamda o‘z islohotlar dasturi ijrosida erkin va mustaqil OAV zaruriy ehtiyoj ekanini qayd etgan. Jurnalistlar o‘z ishini mustaqil bajara olish imkoniyatiga ega, tahdidlar va ta’qiblardan holi bo‘lishi kerak”, — deya ta’kidlangan xabarda.

    Nafosat Olloshukurova 2019-yil 26-sentabrda ma’muriy qamoq jazosini o‘tayotgan paytida ruhiyatida o‘zgarishlar sezilganligi uchun psixiatrning tavsiyasi bilan viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanserida ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketilgan. Keyinchalik fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 30-sentabrda hal qiluv qaroriga asosan, fuqaro Nafosat Olloshukurova g‘ayriixtiyoriy tartibda Xorazm viloyat ruhiy asab kasalliklari dispanseriga yuborilgan.

    Blogerning dispanserda ekani OAVda keng muhokama qilingan, jumladan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov Nafosat Olloshukurova va Davlatnazar Ro‘zmetov bilan bog‘liq voqealarga munosabat bildirib, barcha jurnalist va blogerlarni biror-bir masalani ommaga ko‘tarib chiqayotganda shoshqoloqlik qilmasdan, hissiyotlarga berilmasdan, jiddiy surishtiruv va faktlarga asoslanib, xolis material berishga chaqirgandi. 2019-yil 28-noyabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudining kassatsiya instansiyasi bloger Nafosat (Shabnam) Olloshukurova ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanishni davom ettirish yuzasidan qaror chiqargan. Bir oy o‘tib, 28-dekabrda Olloshukurova Toshkentning Yunusobod tumanidagi uyiga qaytgandi. 31-dekabrda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elis Uells O‘zbekistonda bloger Nafosat Olloshukurovaning uch oydan ortiq ruhiy kasalliklar kasalxonasida ushlab turilganidan so‘ng ozod qilinganini yaxshi yangilik sifatida e’tirof etgan. 20-yanvar, dushanba kuni blogerning O‘zbekistonni tark etgani ma’lum bo‘ldi.

    21.01.2020, 22:35   Izoh (0)   60584
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda qator ichki ishlar xodimlari ishdan bo‘shatildi 

    21.01.2020, 21:31

    Statistika qo‘mitasi: O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 398,1 mingtaga yetdi

    21.01.2020, 20:48

    Shavkat Mirziyoyev Tomskdagi yong‘in yuzasidan Hukumat komissiyasini tuzishga ko‘rsatma berdi

    21.01.2020, 20:39

    Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonga 20 dona “fudtrak” sotdi

    21.01.2020, 20:33

    Hatto Mirziyoyevga qarshi ovoz berilgan edi

    21.01.2020, 20:29

    Asakada mast haydovchi tomonidan boshqarilgan Lacetti kanalga tushib ketdi

    21.01.2020, 20:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHning global zarba beruvchi quroli — B-2 Spirit samolyoti haqida

    Dunyo | 1 iyul, 20:10

    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

    Reklama | 1 iyul, 19:30

    “Raqamli hukumat” tizimi taʼlim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalaridan boshlanadi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:59

    Shavkat Mirziyoyev 2–4-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:55

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ozarbayjonning AZAL reysini yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq bergani ma’lum bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 1 iyul, 19:46

    Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:40

    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi

    Reklama | 1 iyul, 18:00

    Eron AQSH bilan muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 19:30

    “O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 1 iyul, 19:20

    Gollivud yulduzlarining kino olamida shuhrat qozonayotgan farzandlari

    Kino | 1 iyul, 19:10

    Palov pishirish qanchaga tushadi? O‘zbekistondagi eng arzon va qimmat hududlar

    O‘zbekiston | 1 iyul, 18:47

    Falastin tinchlikka erishish uchun AQSH va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilmoqda

    Dunyo | 1 iyul, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.