Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 23-turi doirasida 18-yanvar, shanba kuni Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Nyukasl” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvdagi yagona gol 90+4-daqiqada urildi. Unga mezbon jamoa yarim himoyachisi Ayzek Xeyden mualliflik qildi.
Shu tariqa londonliklar jamoasi mehmonda kechgan bahsda “Nyukasl”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va ochko yo‘qotdi.
Ma’lumot uchun, “aristokratlar” 39 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Nyukasl” esa 29 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
APL
23-tur bahsi
18-yanvar, shanba
“Nyukasl”—“Chelsi” 1:0
Gol: 1:0 — 90+4 Xeyden“Nyukasl”: Dubravka, Fernandes, Klark, Villems (Ritchi, 12), Kraft (Longstaff, 71), Almiron, Xeyden, Shelvi (Longstaff, 85), Sen-Maksimen, Lassels, Joelinton
“Chelsi”: Arrisabalaga, Jeyms (Emerson, 75), Ryudiger, Kristensen, Aspilikueta, Kante, Jorjinyo, Xadson-Odoi, Maunt (Barkli, 68), Villian, Abraham (Batshuayi, 80)
Ogohlantirishlar: Xeyden (55), Emerson (84)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!