• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Kuniga 10 soat ‘svet’siz yashayapmiz”. Andijonliklar elektr energiyasidagi uzilishlardan nolimoqda

    Andijon tumanining “Yorqin hayot” mahallasida yashovchi aholi Parlament saylovlari va Yangi yil bayrami o‘tgach, 2020-yil 10-yanvardan boshlab elektr energiyasida uzilishlar ko‘payganidan shikoyat qilmoqda. “Daryo” muxbiri Andijon viloyatiga qarashli shahar va tumanlardagi elektr ta’minotidagi uzilishlariga e’tibor qaratdi.

    Foto: “Daryo”

    — Bir necha yildan buyon “svet” o‘chishi bo‘yicha turli tashkilotlarga murojaat qilaverib, charchagandik. 2019-yilning dekabr oyidagi saylov munosabati bilan qolaversa, Yangi yil bayrami arafasida uzluksiz tok berishdi. Bundan xursand bo‘lib, chin ko‘ngildan rahbarlar haqqiga duo qildik. Biroq bu quvonchimiz uzoqqa yetmadi. 10-yanvardan yana elektr energiyasidagi uzilishlar boshlandi”, – deyiladi Andijon tuman “O‘rikzor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Yorqin hayot” ko‘chasida yashovchi aholi tomonidan yo‘llangan murojaatda.

    Hudud aholisining shikoyat qilishicha, elektr ta’minotidagi uzilishlar sababi aniq aytilmaydi.

    — Tuman elektr korxonasi navbatchilariga qo‘ng‘iroq qilsak, ‘viloyatdan cheklov qil, deb buyruq bo‘lyapti’ deyishadi. Viloyatga aloqaga chiqsak, aniq javob aytishmaydi. Goh ‘avariya bo‘ldi’, gohida ‘bloklar ko‘tarmayapti’ degan turli vajlar keltirishadi, — deydi shu mahallada yashovchi Hamidullo Mamadaliyev.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashganlarning aytishicha, elektr tokidagi uzilishlar maktab yoshidagi bolalarning dars tayyorlashiga ham qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    — O‘chirsin. Faqat ertalab ishga ketayotganda yoki kechki payt ishdan qaytganda emas, kunduz kuni elektr tokiga ehtiyoj kam bo‘lgan payt uzsin, — deydi Usmonjon Yusupov. — Axir ertalab nonushta qilishga, ishdan qaytganda esa kechki ovqat yeyishga imkon bo‘lishi kerak-ku. Biz-ku mayli, farzandlarimiz ham dars tayyorlash uchun “svet” yonishini kutib, aksariyat hollarda uxlab qolyapti.

    Murojaatchilarning ta’kidlashicha, mahalladagi barcha xonadonlarga 100 foiz yangi hisoblagichlar o‘rnatilgan.

    Mahalla faoli Bahodir Muhammadiyevning aytishicha “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatidan doimiy ravishda quyidagi mazmundagi javoblar keladi.

    Foto: Bahodir Muhammadiyev

    “Sizning murojaatingiz bo‘yicha Andijon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimi siz bilan telefon orqali bog‘lanib, elektr energiyasi bo‘yicha muammolaringizni o‘rgandi. “Yorqin hayot” ko‘chasi “NS-Kamolot” fider “Istiqlol” 530-sonli transformator punktidan elektr energiya bilan ta’minlanadi. O‘rganish jarayonida elektr energiyasi nosozliklar tufayli o‘chib qolganligi aniqlandi va sizga tushuntirib o‘tildi. Shu sababli Andijon TETK xodimlari tomonidan elektr simlari daraxtlardan tozalandi va siz yashab turgan hudud elektr energiyasi bilan ta’minlandi”.

    Mutasaddilarning javob xatlaridan ma’lum bo‘lishicha, hududda yildan yilga aholi va sanoat ishlab chiqarish obyektlari ko‘paygan. O‘tgan yili shu kunlarda viloyat 11 million kVt elektr energiyasi iste’mol qilgan bo‘lsa, bugungi kunda sarflanish 13 million kVtdan o‘tmoqda. Joylardagi uzilishlar “Andijon tuman elektr ta’minoti” korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan va Andijon tuman hokimligi bilan kelishilgan holda elektr energiya miqdori belgilangan limitdan ortiqcha iste’mol qilingan hamda o‘ta yuklamali vaqtlarda 110/35/10 kV kuchlanishli “Kamolot” nimstantsiya, ya’ni markazdan cheklov jadvaliga asosan amalga oshirilmoqda.

    Bahodir Muhammadiyev

    Bahodir Muhammadiyev
    Foto: “Daryo”

    “Har gal shunday javoblar beriladi, — deydi Bahodir Muhammadiyev. — Biroq shahar hududiga qarovchi ko‘chaning narigi tomonida umuman “svet” o‘chmaydi. Nima ular uchun limit belgilanmaydimi yoki limiti shunchalik ko‘pmi? Achinarlisi, murojaat davomida shu kabi so‘zlarni aytganimizdan keyin vaziyat yaxshilanadi va hech qancha o‘tmasdan yana eski holatga qaytadi.

    “Mahallamiz hududida birorta ham ishlab chiqarish korxonasi yo‘q. Ammo elektr ta’minotidagilar sizlardagi korxonalar ishlayotgani bois transformatorlar qizib ketmoqda, deyishadi, — deydi Kozimjon Xalilov. – Qiziq, unda nega saylov va yangi yil o‘tib bo‘lguncha o‘chirishmasa ham qizib ketmadi? Bu gaplarni eshitib kulgingiz keladi. Ishonarli bahona topishsa bo‘ladi-ku. Yo‘q aldashdan to‘xtashmaydi. Yana bahonalari ichida qarzdorlik haqida gapirishadi. Odamlar MIBchilar kelsa tokimni uzib ketadi deb ortig‘i bilan to‘lab qo‘ygan. Davlat tashkilotlarida ishlaydiganlardan ushlab qolishadi. Qarzdorlarning asosiy qismi amaldorlar ekanligini bilamiz, Afsuski, kattakonlarga ularning million-million qarzi bo‘lsa ham hech kim “g‘ing” demaydi. Qo‘rqadi-da...

    Kozimjon Xalilov

    Kozimjon Xalilov
    Foto: “Daryo”

    Tahririyatimizga murojaat qilgan Jalaquduq, Asaka, Marhamat, Qo‘rg‘ontepa va boshqa tumanlarda yashovchi fuqarolar ham har kuni 7-8 soatlab davom etayotgan elektr uzulishlaridan norozilik bildirgan. Qo‘rg‘ontepa tumaniga qarashli Qorasuv shahri “Mustaqillik” mahallasida yashovchi murojaatchining aytishicha, 10-yanvardan buyon har ikki soatda tok o‘chadi. Ikki-uch soat yoqishmaydi. 16-yanvar kuni tongi soat 5:00 da o‘chgan elektr toki 7:00 da yongan. Bu kabi holatlar 10 dan 12 gacha, 13 dan 15 gacha, 15:30 dan 20:30 gacha takrorlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, haqiqatan ham kunlik uzilishlar 10 soatga yetmoqda.

    Jalaquduqliklarning ma’lum qilishicha 16-yanvar kuni elektrdagi uzilishlar 7 marotabaga yetgan, 10 soatdan ham ortib ketgan.

    Foto: “Daryo”

    — Shahrixon tumanidagi Do‘rmon, Ortish va Xo‘jaobod mahallalarida 3 kundan beri elektrdagi uzilishlar soni kuniga 4-5 martagacha yetmoqda, — deydi “Do‘rmon” mahallasida yashovchi o‘zini Jasurbek Mamadaliyev deb tanishtirgan fuqaro. – Elektr ta’minoti korxonasiga qo‘ng‘iroq qilsak ko‘tarmaydi, aksariyat holatlarda umuman tushib bo‘lmaydi. Mana bugun (2020-yil 16-yanvar nazarda tutilgan) ham soat 8;30 larda o‘chgan tok 12:20 larda yondi. Achinarlisi xohlaganda o‘chirishadi, istaganda yoqishadi. Bunaqa holatga chidab bo‘lmayapti. Gaz yoki ko‘mir bilan uyni isitishning imkoni yo‘q. Bu yoqda esa bolalar, yoshi kattalar sovuqdan aziyat chekmoqda.

    Viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi dispetcherlik xizmati xodimlari bilan bog‘langanimizda uzilishlar Respublika Energetika vazirligi topshirig‘iga asosan amalga oshirilayotganligini, ular topshiriqni bajaruvchi shaxslar ekanligini bildirishdi. Shunday bo‘lsa-da turli qarshiliklarga qaramay yengil holatda 7-8 soatdan o‘chirilayotganligini ham ta’kidlashdi.

    18.01.2020, 12:03   Izoh (0)   29807
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda haydovchilarning majburiy malaka oshirishini bekor qilish tavsiya etildi

    18.01.2020, 11:47

    Foto: Mo‘ylovi bilan Toshkent ramzlaridan biriga aylangan DAN xodimi

    18.01.2020, 11:20

    O‘zLiDeP yetakchisi: Muxolifatchi partiya shakllanishi uchun vaqt, sabab va omillar kerak

    18.01.2020, 11:01

    O‘zLiDeP O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini ko‘rsatdi

    18.01.2020, 10:32

    “Talabalarga faqat rag‘batlantirish pulini beramiz”. Vazir o‘rinbosari stipendiya masalasiga munosabat bildirdi

    18.01.2020, 10:00

    Navoiydagi bozorda do‘konlari yonib ketgan tadbirkorlarga shahar hokimligi yordam ko‘rsatadi

    18.01.2020, 09:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 5 yoshli bolani mashina urib ketgani to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 18:25

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Kuniga 20 soat ish: shimoliy koreyaliklar Rossiyada qul sifatida ishlatilmoqda — BBC

    Dunyo | 12 avgust, 18:12

    O‘zbekistonda avtomobil sotuvi rekord darajada ko‘paydi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:55

    O‘zbekiston—Hindiston savdo aylanmasi hajmi yetti oyda 60 foizga oshdi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 17:51

    O‘zbekiston boks terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida medallar jamg‘arish bo‘yicha tengsiz bo‘ldi

    Sport | 12 avgust, 17:50

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    Jeff Bezos kriptovalyuta evaziga sayyohlarni kosmosga uchiradi

    Dunyo | 12 avgust, 17:45

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.