Tashlandiq joylar armonlar va qayg‘uga botgan haykallarni eslatib yuboradi. Bugun nochor holatga kelib qolgan binolarni qurish uchun bir vaqtlar katta mablag‘ va kuch sarflangan, hozir esa ushbu maskanlar odamlar yodidan chiqqan, asta-sekin nurab, eskirib bormoqda. Garchi ular o‘z vazifasini ado etmayotgan bo‘lsa ham, ayrimlarining go‘zalligi va tarixiyligi e’tiborni jalb qiladi. Aleksandr Suxarev Twitter’dagi sahifasida 12 yil davomida to‘plagan, tashlandiq joylar va binolardan olingan suratlarini e’lon qilgan.
AdMe ushbu suratlarni to‘plab fotogalereya tarzida taqdim etgan.
Norvegiya va Shvetsiya chegarasidagi mashinalar qabristoni. Kolleksioner vafot etgach, uning xobbisi ham u bilan birga “dafn” qilingan.
“Energiya” – “Bo‘ron” maydonlarining korpuslari. Boyqo‘ng‘ir kosmodromi, Qozog‘iston.
Torpedalar sinovdan o‘tkazilgan bino. Bino sohildan 3 kilometr uzoqlikda joylashgan. Kaspiy, Dog‘iston.
Germaniyadagi shifoxonaga aylantirilgan qasr.
Nijniy Novgoroddagi madaniyat uyi. Teatr mavsumingin tugashi.
Sankt-Peterburgdagi suvosti dengizchilari mashg‘ulot o‘tkazgan tashlandiq cherkov. Ibodatxonada joylashgan 50 metr uzunlikdagi quvur.
Moskva uzoq masofadagi radioaloqa institutining aks-sado bermaydigan kamerasi.
Tver viloyatidagi cherkov.
Aviatsiya bilim yurti.
Podmoskovyedagi qurib bitkazilmagan bino. 21 kilometrli halqa shaklida 60 metr chuqurlikka tushgandi.
Podmoskovyedagi “Skazka” (“Ertak”) pionerlar lageri. Oromgoh bosmaxonaga tegishli edi, quruvchilar qo‘ldan kelgancha harakat qilgan.
Sankt-Peterburgdagi “Qizil uchburchak” zavodi binosi. Juda dahshat memoriy majmua.
Jamoa xo‘jaligi hududidagi suv havzasi. Nima uchun odamlar esidan chiqqani noma’lumligicha qolmoqda.
Italiyadagi Balestrino shaharchasida joylashgan hudud. Qiyalikda joylashgani uchun joyidan siljib qolgan.
Bangkokdagi savdo markazi. Birinchi qavatda baliqlar suzib yuradi va eskalator orqali suvga tushishi mumkin.
80 ming muxlisni bag‘riga sig‘dira oladigan Silverdome stadioni. Afsuski shunday o‘yingoh yaqinda portlatildi.
Sankt-Peterburg yaqinidagi vertolyotlar qabristoni.
Daniyadagi rassom yashagan uy. Ushbu bino butun dunyodagi xaroba va tashlandiq joylar bo‘yicha suratlarga boy maqolalarning doimiy ishtirokchisi desa ham bo‘ladi.
Odessadagi Russova uyi. Ushbu bino yerto‘lasida kabob sotuvchilar go‘sht saqlagan.
Saxalin orolidagi “Aniva” atom mayog‘i. Dunyodagi eng sirli va g‘aroyib joylardan yana biri.
Bryusselga yaqin hududda jolashgan uy. Umuman bu uyda yashasa bo‘ladi.
Cherkov. Bu yerda “Transformerlar” filmi suratga tushirilgan.
Bryussel yaqinida joylashgan “Sharqiy ekspress” vagoni. Hatto tashlandiq holatida ham juda yaxshi saqlanganini ko‘rish mumkin.
Kubadagi balchiqda cho‘milish joylari.
Chexiyadagi ruhlar cherkovi.
Vladivastokdagi Russkiy oroli harbiy kemalari buxtasi.
Fotografning o‘zi bu kabi joylarning ayanchli ahvolga kelib qolganiga achinishi, binolarning har biri o‘ziga xos tarixdan so‘zlashi, bu kabi joylarga borgan vaqtida har safar yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishini qayd etgan.
Mavzuga doir: Foto: Xitoydagi tashlandiq va keraksiz metro bekati
Izoh (0)