MY5 telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi ijodkorlari Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining bodikameralari qanday ishlashini kuzatdi.

Foto: “Daryo”

Bodikamera biz ishga chiqishimiz bilan yoqiladi. 8 soat mobaynida haydovchilar bilan muloqotimizni yozib oladi, — deydi YHXB inspektorlaridan biri.

Bodikameralar 8 soatdan so‘ng ratsiya orqali quvvat oladi va ish faoliyatini davom ettiradi. Bodikameralar 160 gradusda tasvirga oladi. Tasvirga olish masofasi 30 metr hisoblanadi.

YHXB inspektorlarida bodikameralar bo‘lmagan taqdirda haydovchilar ularga hujjat taqdim etmaslik huquqiga ega bo‘ladi, deyiladi reportajda.