Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Jarqo‘rg‘on tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda pora oldi-berdisi bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Jarqo‘rg‘on tuman agroinspeksiyasi xodimlari T.X. va A.B. fuqaro U.T.ning tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qo‘lda yig‘ilgan T-28 rusumli traktorini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda davlat raqami berish evaziga undan 1,7 million so‘mni tamagirlik yo‘li bilan xizmat xonasida olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tuman agroinspeksiya xodimlari T.X. va A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Izoh (0)