Xitoy shimoli-g‘arbidagi Sinin shahrida avtobusning yo‘l o‘rtasidagi chuqurga tushishi oqibatida YTH yuzaga keldi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: “TASS”

Hodisa oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi jarohatlandi.

Avariya dushanba, 13-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 17:36 da yuz bergan. Barcha jabrlanuvchilar kasalxonaga olib ketilgan. Ularning ahvoli barqarorligi aytilmoqda.

YTH sabablari o‘rganilmoqda, tergov jarayoni boshlangan.