Ispaniya Superkubogi—2020 musobaqasida g‘olib chiqqan “Real”ning ishlab olgan mukofot puli miqdori ma’lum bo‘ldi.

Foto: Twitter

AS’ning xabar qilishicha, madridliklar 12 million yevro miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘lgan. G‘olib bo‘lgan jamoa har bir futbolchisiga 150 ming yevrodan bonus puli taqdim etilgan.

Shuningdek, musobaqaning qolgan ishtirokchilari — “Barselona” 6 million, “Atletiko” 4 million va “Valensiya” 1,7 million yevro mukofot puliga ega bo‘lgan.

Avvalroq “Valensiya” mukofot pullarining teng bo‘linmayotganidan norozi bo‘lib Ispaniya futbol federatsiyasiga shikoyat qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!