Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 13-yanvar, dushanba kuni elektr energetikasi sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha joriy yilga asosiy vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda tarmoq korxonalarida rentabellikni ta’minlash, energiya iste’moli uchun qarzdorlikni bartaraf etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi bu borada yaxshi samara berayotgani qayd etilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga yil yakunigacha yana 4,5 million dona zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Sohadagi islohotlarning keyingi bosqichida elektr energiyasining raqobatli ulgurji bozorini shakllantirish, generatsiya jarayoniga davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida investorlarni jalb qilish va bunda davlat kafolatini bosqichma-bosqich kamaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha korxonalari rahbarlari hisobot berdi, chora-tadbirlar belgilab olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr